$
12149.55 UZS
8.64
150.44 UZS
1.03
14087.40 UZS
34.3
31° Kechasi 18°

Navoiyda 478,5 mln so‘mlik tabiiy resurslarni o‘g‘irlagan fuqaro aniqlandi

10:56 / 05.02.2024

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ rahbari ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan IIB, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgaz Navoiy” GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “N-C.” MCHJ rahbari F.A. Karmana tumani “Yangiariq” MFY hududida joylashgan noturar joy obyektida qum tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlangan.

U ushbu noturar binoni hamda tabiiy gazni kuchaytirib beruvchi elektr nasosni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga ulagan. Natijada, jami 478,5 mln so‘mlik tabiiy resurslarni o‘g‘irlaganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Bu ham qiziq

“UzPost” pochta operatori xususiylashtirildimi?

“UzPost” pochta operatori xususiylashtirildimi?

Bu orqali u ehtimol Rossiyaning yirik onlayn savdo maydonchalaridan birini nazarda tutgan. Boshqa bir tasdiqlanmagan manbala…
16:34 / 12.10.2025
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
12:16 / 13.10.2025
Surxondaryo paxta “plan”ini bajardi

Surxondaryo paxta “plan”ini bajardi

O‘zAga ko‘ra, viloyat respublikada birinchi bo‘lgan.
08:22 / 13.10.2025
Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

UzAuto Motors 13-oktyabr kuni Damas va Cobalt avtomobillari yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
14:21 / 13.10.2025
“Garovdagilar ozod qilingach, XAMAS tunnellari yo‘q qilinadi” — Isroil mudofaa vaziri

“Garovdagilar ozod qilingach, XAMAS tunnellari yo‘q qilinadi” — Isroil mudofaa vaziri

Operatsiya AQSh yetakchiligi ostida amalga oshiriladi.
10:48 / 13.10.2025
Netanyaxu Misrdagi sammitda qatnashmasligi ma’lum bo‘ldi

Netanyaxu Misrdagi sammitda qatnashmasligi ma’lum bo‘ldi

Avvalroq, Falastin prezidenti va Isroil bosh vaziri Misrda bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etishi aytilgan edi.
18:21 / 13.10.2025
13-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esa…
14:50 / 12.10.2025
Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” 1-noyabrdan qayta ish boshlashi kutilmoqda

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” 1-noyabrdan qayta ish boshlashi kutilmoqda

Avval yo‘nalish 18-oktyabrdan ochilishi rejalashtirilgan edi, biroq sinovlar davom ettirilmoqda.
15:27 / 13.10.2025
AQShda kichik samolyot qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

AQShda kichik samolyot qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
08:47 / 13.10.2025
Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Shu vaqt ichida ba’zi “zapravka”larda qisqa muddatli uzilishlar bo‘lgan.
15:50 / 13.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!