Navoiy viloyatida noqonuniy oltin savdosiga ixtisoslashgan uyushgan jinoiy guruh faoliyati aniqlanib, unga chek qo‘yildi. Guruh a’zolari xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilgan holda soliq, geologiya, ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib faoliyat yuritgan.
Mazkur jinoiy guruhga Karmana tumanida sport sohasiga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari boshchilik qilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida gumonlanuvchilardan 17,2 kilogramm oltin va kumush qorishmasi, 20 kilogramm yarim tayyor oltin mahsuloti, tarkibida oltin zarralari mavjud bo‘lgan 250 kilogramm boyitilgan ko‘mir, shuningdek, 280 tonnadan ortiq qum va ruda hamda 230 litr maxsus kimyoviy vositalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!