$
12171.61 UZS
-24.39
149.80 UZS
-1.94
14117.85 UZS
-23.41
31° Kechasi 18°

Neft-gaz tarmogʻidagi ishlar koʻrib chiqildi

09:13 / 26.03.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmogʻida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni oʻzlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hisobot berildi.

“Oʻzbekneftgaz” tizimida tabiiy gaz qazib chiqarish dinamikasi, mavjud pasayish omillari hamda ularni qoplash boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida axborot berildi. Joriy yilning birinchi choragida yangi quduqlarni ishga tushirish, mavjudlarini taʼmirlash va texnologik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga qoʻshimcha hajmlar taʼminlangani, yil davomida esa bu boradagi ishlar yanada kengaytirilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

Quduqlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Hozirda yangi 2D va 3D seysmik tadqiqotlar uchun istiqbolli maydonlar aniqlanmoqda. Burgʻilash va dala ishlari ustidan xalqaro standartlar asosida nazoratni kuchaytirish maqsadida supervayzing tizimini yoʻlga qoʻyish, geologik-gidrodinamik modellashtirish va qazib chiqarish dasturlarini yanada puxta shakllantirish boʻyicha choralar belgilangan.

Konlarda gaz qazib olish koeffitsientini oshirish, qiyin oʻzlashtiriladigan zaxiralarga yangi yondashuvlarni tatbiq etish, 2026-2027-yillarga moʻljallangan dasturlarning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Bu borada xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari tarmoqda ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, geologiya-qidiruv va burgʻilash ishlarini tizimli tashkil etish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan amaliy natija beradigan sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Mutasaddilarga belgilangan rejalar ijrosini qattiq nazoratga olish va har bir yoʻnalish boʻyicha aniq natijadorlikni taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berildi.


O‘zbekiston


														
														Neft-gaz tarmogʻidagi ishlar koʻrib chiqildi

Neft-gaz tarmogʻidagi ishlar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmogʻida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni oʻzlashti…
09:13 / 26.03.2026

														
														Toshkentda 75 ming dollar evaziga AQShga biznes viza rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda 75 ming dollar evaziga AQShga biznes viza rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishla…
17:45 / 25.03.2026

														
														9 ta viloyatda sel-suv toshqin hodisasi yuzaga kelishi mumkin

9 ta viloyatda sel-suv toshqin hodisasi yuzaga kelishi mumkin

26 va 28–30-mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv tos…
17:35 / 25.03.2026

														
														Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Yaroqlilik muddati tugagan 55 840 dona “Menovazin”, 25 000 dona “Vodorod peroksidi”, 50 800 dona “Etil spirti” hamda 28 mln …
17:22 / 25.03.2026

														
														26-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

26-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:58 / 25.03.2026

														
														Tojikiston Prezidenti 26-27-mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Tojikiston Prezidenti 26-27-mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmo…
15:46 / 25.03.2026

														
														O‘zbekiston aholisi favqulodda vaziyatlar haqida masjidlar orqali ogohlantiriladi

O‘zbekiston aholisi favqulodda vaziyatlar haqida masjidlar orqali ogohlantiriladi

Ushbu tashabbus doirasida aholi punktlariga yaqin joylashgan masjidlarga maxsus uskunalar o‘rnatilmoqda.
11:39 / 25.03.2026

														
														O‘rtachirchiqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘rtachirchiqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Vafot etganlar orasida 2008-yilda tug‘ilgan bola ham bor.
09:51 / 25.03.2026

														
														Prezidentga Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yo‘li” loyihasi taqdimot qilindi

Prezidentga Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yo‘li” loyihasi taqdimot qilindi

Maydoni 32 gektar bo‘lgan “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi Yangi Toshkentning muhim jamoat va madaniy makonlaridan biri bo‘lishi …
09:20 / 25.03.2026

														
														25-mart uchun ob-havo ma’lumoti

25-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:46 / 24.03.2026

Bu ham qiziq

Pokiston terrorizm markaziga aylanmoqdami?

Pokiston terrorizm markaziga aylanmoqdami?

Global terrorizm indeksi e’lon qilindi.
15:50 / 22.03.2026
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan te…
18:06 / 24.03.2026
AQSh chekinmoqda

AQSh chekinmoqda

Eronning qat’iy ogohlantirishidan so‘ng Tramp energetika infratuzilmalariga hujum qilish rejasidan voz kechdi.
17:21 / 23.03.2026
Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Yaroqlilik muddati tugagan 55 840 dona “Menovazin”, 25 000 dona “Vodorod peroksidi”, 50 800 dona “Etil spirti” hamda 28 mln …
17:22 / 25.03.2026
Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:42 / 23.03.2026
Kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi

Kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
11:46 / 24.03.2026
O‘rtachirchiqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘rtachirchiqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Vafot etganlar orasida 2008-yilda tug‘ilgan bola ham bor.
09:51 / 25.03.2026
Tojikiston Prezidenti 26-27-mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Tojikiston Prezidenti 26-27-mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmo…
15:46 / 25.03.2026
Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘yinda to‘liq harakat qilgan Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovriniga ega chiqdi.
09:12 / 23.03.2026
“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

Toshkentda “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
17:55 / 23.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!