Tramp: “Men Mudofaa vazirligiga Erondagi elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasiga qarshi barcha harbiy zarbalarni 5 kun muddatga kechiktirish bo‘yicha ko‘rsatma berdim. Bu qaror hozirgi muzokaralar va uchrashuvlar natijasiga bog‘liq”
Eronga yaqin OAVlar ma’lum qilishicha, Tramp bilan hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. Shuningdek, ularning da’vosiga ko‘ra, Tramp Eronning ehtimoliy javob zarbasidan qo‘rqib, orqaga chekingan.
Kobuldagi Eron elchixonasiga ko‘ra, Eronning qat’iy ogohlantirishidan so‘ng Tramp energetika infratuzilmalariga hujum qilish rejasidan voz kechgan.
Eron Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi vakili Ibrohim Rezoiy: “Jang davom etmoqda… va yana bir bor “shayton” mag‘lub bo‘ldi”
Eron tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Vashington bilan hech qanday muzokaralar yo‘q. Tramp mintaqada keskinlikni pasaytirish bo‘yicha harakatlar ketayotgan paytda vaqtdan yutishga urinmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!