Nikolas Keyj Drakula rolini ijro etgan “Renfild” dahshatli komediyasining treyleri e’lon qilindi.
“YouTube”da “Universal Pictures” kinokompaniyasining uzoq kutilgan “Renfild” nomli qo‘rqinchli komediya filmining birinchi treyleri chiqdi. Unda bosh rollarni Nikolas Keyj va Nikolas Xoult ijro etgan. Bundan tashqari “Shang-Chi va o‘n uzuk afsonasi” filmi orqali mashhurlikka erishgan Akvafina ham asosiy qahramonlardan birini gavdalantirgan.
Filmda Drakulaning (Keyj) xizmatkori Renfild (Xoult) Yangi Orleanga joylashishga harakat qiladi. U o‘zi ergashib yuradigan daxshatli qonxo‘r mavjudotning qo‘l ostidan xalos bo‘lishga harakat qiladi, lekin bu uning xo‘jayiniga yoqmaydi.
Film “Robot jo‘ja”, “Kelajak urushi” filmi va “Lego” seriallari bilan mashhur bo‘lgan Kris Makkey tomonidan suratga olingan. Renfild filmining premyerasi joriy yilning 14-aprelida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!