$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 14°

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli o‘zgardi

10:40 / 27.11.2023

O‘zbekistonning Nyu-Yorkda yangi tayinlangan bosh konsuli Jamil Sharapov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.

Jamil Sharapov shu kunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 42 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan. Nyu-Yorkka tayinlanishidan oldin Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda ishlagan.

Jamil Sharapov 2018-2023-yillarda Nyu-Yorkdagi Bosh konsullikni boshqargan Kamol Ikromov o‘rniga tayinlandi.

Bosh konsullikning konsullik okrugiga AQShning quyidagi shtatlari va ma’muriy hududlari kiradi: Aydaxo, Ayova, Alyaska, Arizona, Vayoming, Vashington, Vermont, Virjiniya orollari, Viskonsin, Gavayi, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kanzas, Konnektikut, Massachusets, Minnesota, Missuri, Michigan, Montana, Men, Nebraska, Nevada, Nyu-Gempshir, Nyu-Jersi, Nyu-York, Nyu-Meksiko, Ogayo, Oregon, Pensilvaniya, Puyerto-Riko, Rod-Aylend, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Yuta, shuningdek, Meksika va Lotin Amerikasi mamlakatlari (Kuba va Braziliyadan tashqari – ushbu davlatlar O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi konsullik okrugiga kiradi).


Bu ham qiziq

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024
Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Aytilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
14:56 / 03.05.2024
Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Ularning vazni atigi 34 gramm.
12:09 / 04.05.2024
To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi va g‘alaba paradida ishtirok etadi

To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi va g‘alaba paradida ishtirok etadi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga ishchi tashrif buyuradi va Buyuk Vatan urushidagi G‘…
14:19 / 04.05.2024
Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Joi Henni TikTok tarmog‘ida muxlislardan uning do‘stini qaytarib berishlarini yig‘lab so‘ragan videoni joylashtirdi.
14:20 / 04.05.2024
Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Hindistonning Kerala shtatida 29-aprel kuni issiq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
15:36 / 03.05.2024
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson 25 yil davomida 6,5 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.
12:41 / 03.05.2024
"O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi" bo‘yicha postlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

"O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi" bo‘yicha postlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Aniqlanishicha O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘lgan.
14:08 / 03.05.2024
“Toshkent – Andijon pulli yo‘li 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi” – transport vaziri o‘rinbosari

“Toshkent – Andijon pulli yo‘li 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi” – transport vaziri o‘rinbosari

Jasurbek Choriyevning ta’kidlashicha “Toshkent – Andijon” pulli yo‘lini yaratish ishlari deyarli yakunlangan.
10:43 / 04.05.2024
OAV: Oq uy yil boshidan beri Baydenning izohlarini deyarli 150 marta tuzatdi

OAV: Oq uy yil boshidan beri Baydenning izohlarini deyarli 150 marta tuzatdi

O‘zgarishlar ismlar, sanalar va tashkilot nomlariga tuzatishlarni o‘z ichiga oladi.
14:58 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!