$
12555.16 UZS
-25.11
147.69 UZS
2.94
13430.25 UZS
-16.8
33° Kechasi 22°

Olma sirkasining foyda va zarari haqida

10:59 / 27.06.2024

Olma sirkasi ushbu meva sharbatining fermentatsiyasi jarayonida ishlab chiqariladi. Uning 95 foizini suv, 5-6 foizini sirka kislotasi tashkil etadi. Sirka olmani maydalash, sharbatini chiqarib, keyin bakteriyalar va xamirturush qo‘shish orqali tayyorlanadi.

Olma sirkasining qanday foydali jihatlari bor?

Amerikalik shifokor, tibbiyot fanlari doktori Kunal Sud olmali sirkaning afzalliklari haqida tushuntirib berdi.

“Olma sirkasining kunlik tavsiya etilgan va foydali dozasi 750 milligrammni tashkil qiladi va undan oshirib yuborish tavsiya etilmaydi”, — deydi shifokor.

Qondagi qand miqdorini nazorat qilish
Olma sirkasi qondagi qand miqdorini tartibga solishga yordam beradi, bu diabetga chalinganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin, ammo sirka qand kasalligini davolamaydi.

Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ovqatdan keyin sirka insulinga sezgirlikni oshirishi va qondagi shakar miqdorining keskin ko‘tarilishining oldini olishi mumkin.
Ammo olma sirkasi diabetdan aziyat chekadigan bemorlar uchun standart davolash o‘rnini bosmasligi kerak. Chicago Medicine mutaxassislarining ta’kidlashicha, olma sirkasi hech qachon dori-darmonlarning o‘rnini bosa olmaydi va faqatgina qo‘shimcha davolash maqsadida qo‘llanadi. Muhim jihat: olma sirkasini buyrak kasalliklari bor har qanday shaxs iste’mol qilishi man etiladi. Sirkani davo sifatida qo‘llashdan oldin birinchi navbatda shifokor bilan maslahatlashish muhim.

Vaznni nazorat qilish

Olma sirkasini muntazam iste’mol qilish tana vaznini nazorat qilishga yordam beradi, degan nazariya mavjud. Ammo sirka sog‘lom ovqatlanish tartibi va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo‘llangandagina foydaga xizmat qiladi.

2018-yilda Journal of Functional Foods nashrida chop etilgan tadqiqotda 44 nafar ortiqcha vaznli odamlar ishtirok etdi. Unda olma sirkasining vaznga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, doimiy parhez, jismonan faollik bilan bir qatorda olma sirkasidan oz-oz iste’mol qilib turish tana vaznini tushirishga va visseral yog‘ miqdorini sezilarli darajada kamaytirishga yordam berdi.

Olma sirkasidan qanday foydalanish lozim?

Agar siz ham olma sirkasi ichishga qaror qilgan bo‘lsangiz, uning tarkibida katta miqdorda kislota saqlanishi, kislota tishlar emalini yemirib yuborishi va ovqat hazm qilish trakti ishini izdan chiqarishi mumkinligini yodda tuting. Shuning uchun ham ekspertlar sirkani suv bilan aralashtirib ichishni, tishlar emali zararlanmasligi uchun sirkani ichib bo‘lgach, tishlarni darhol tozalashni maslahat berishadi. Sirkani suvda eritish tomoq va oshqozon shilliq qavatini himoya qilish uchun ham muhim. Odatda bir stakan suvga bir osh qoshiq sirka qo‘shib ichiladi.

Olma sirkasining zarari

Sirka tarkibida katta miqdorda kislota saqlanadi, u tomoq va qizilo‘ngachning nozik to‘qimalarini osongina zararlaydi. Shifokorlar tish emali bilan bog‘liq muammolari yoki kislota reflyuksi bor odamlarga olma sirkasini isteʼmol qilishni mutlaqo taqiqlashadi.

 


salomatlik


														
														Quyoshda qolgan plastik idishlardan foydalanish saraton kasalligiga olib keladimi?

Quyoshda qolgan plastik idishlardan foydalanish saraton kasalligiga olib keladimi?

Zamonaviy dunyoda plastik hamma joyda mavjud va uning sog‘liq hamda atrof-muhitga ta’siri tobora aniq bo‘lib bormoqda.
18:02 / 29.06.2024

														
														Oziq-ovqatni muzlatgichda saqlaymiz, dori-darmonni-chi?

Oziq-ovqatni muzlatgichda saqlaymiz, dori-darmonni-chi?

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, har bir preparat yo‘riqnomasida uni saqlash qoidasi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
17:34 / 29.06.2024

														
														Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlilik tufayli kasallangan

Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlilik tufayli kasallangan

2030-yilgacha kamharakatlik ko‘rsatkichi 35 foizgacha oshishi mumkin.
16:39 / 28.06.2024

														
														Xotirani yaxshilaydigan va diqqatni oshiradigan mahsulotlar

Xotirani yaxshilaydigan va diqqatni oshiradigan mahsulotlar

Buning uchun she’r yod olish yoki aqliy mashqlarni bajarishdan tashqari, organizmning umumiy holatiga ham e’tibor berish loz…
16:15 / 27.06.2024

														
														JSST dunyoda transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash tarafdori

JSST dunyoda transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash tarafdori

2023-yilda shunday cheklovlar yettita davlat — Misr, Meksika, Nigeriya, Shimoliy Makedoniya, Filippin, Moldova va Ukrainada …
14:51 / 27.06.2024

														
														Olma sirkasining foyda va zarari haqida

Olma sirkasining foyda va zarari haqida

Sirka tarkibida katta miqdorda kislota saqlanadi, u tomoq va qizilo‘ngachning nozik to‘qimalarini osongina zararlaydi.
10:59 / 27.06.2024

														
														Bolani emizish ona organizmi uchun ham foydalidir

Bolani emizish ona organizmi uchun ham foydalidir

Sut ishlab chiqarish uchun organizm kuniga taxminan 200-500 kaloriya sarflaydi.
10:27 / 24.06.2024

														
														Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkin

Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkin

Alsgeymer kasalligi asab hujayralari orasida o‘sadigan blyashkalarda beta-amiloidning to‘planishi natijasida yuzaga keladi.
10:05 / 24.06.2024

														
														Tish implanti o‘rnatish va operatsiyasi haqida

Tish implanti o‘rnatish va operatsiyasi haqida

Ushbu moslamani 14-15 yoshdan 70-80 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga o‘rnatish mumkin.
11:29 / 23.06.2024

														
														Energetik ichimliklar soch to‘kilishiga olib keladi

Energetik ichimliklar soch to‘kilishiga olib keladi

Ma’lum qilinishicha, energetik ichimliklar bevosita soch to‘kilishiga sabab bo‘lib, erkaklarda soch bilan bog‘liq jiddiy aso…
09:40 / 23.06.2024

Bu ham qiziq

Zelenskiyda “tinchlik rejasi” bor

Zelenskiyda “tinchlik rejasi” bor

Rossiya bilan muzokaralarni taqiqlagan va Moskvaning kelishuv bo‘yicha takliflarini rad etgan Zelenskiy bu yil ma’lum bir “t…
13:05 / 29.06.2024
Bryussel aeroporti yildagi eng gavjum kunini o‘tkazdi

Bryussel aeroporti yildagi eng gavjum kunini o‘tkazdi

Zaventem ma’muriyati kuniga 83 ming yo‘lovchini qabul qiladi.
17:47 / 29.06.2024
2025-yilda qaysi yulduzlar Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladi?

2025-yilda qaysi yulduzlar Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladi?

Gollivud aktyorlari orasida quyidagi mashhurlar ro‘yxatdan o‘rin oldi.
11:16 / 29.06.2024
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolardan ehtiyotkorlik …
09:43 / 29.06.2024
Armaniston Vashingtondagi sammitda NATO hamkorlari yig‘ilishida ishtirok etadi

Armaniston Vashingtondagi sammitda NATO hamkorlari yig‘ilishida ishtirok etadi

Davlat kotibi Entoni Blinken NATO bo‘yicha barcha hamkorlar, jumladan Armaniston va Ozarbayjon uchun tadbir o‘tkazmoqda.
15:29 / 29.06.2024
Shimoliy Koreyadagi telefonlar qanday ishlaydi?

Shimoliy Koreyadagi telefonlar qanday ishlaydi?

Shimoliy Koreyada “Android”ga o‘xshash maxsus operatsion tizimga ega smartfonlar keng tarqalgan.
10:37 / 29.06.2024
YEVRO-2024ning favoriti deb Ispaniya terma jamoasi topildi

YEVRO-2024ning favoriti deb Ispaniya terma jamoasi topildi

Germaniya 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Avstriya 3-o‘rinda qayd etildi.
20:42 / 28.06.2024
Quddusdagi norozilik namoyishlari: Isroil Bosh vazirining uyi yonida minglab odamlar yig‘ildi

Quddusdagi norozilik namoyishlari: Isroil Bosh vazirining uyi yonida minglab odamlar yig‘ildi

Qayd etilishicha, namoyishchilar orasida yoshlar ham ko‘p bo‘lgan.
17:29 / 28.06.2024
29-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

29-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
20:54 / 28.06.2024
Ilon Mask: AQShni hozir hech kim nazorat qilmaydi

Ilon Mask: AQShni hozir hech kim nazorat qilmaydi

Mask Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka sobiq nomzod Vivek Ramasvamining nashriga izoh bergan.
09:24 / 29.06.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!