$
12555.16 UZS
-25.11
147.69 UZS
2.94
13430.25 UZS
-16.8
33° Kechasi 22°

Bolani emizish ona organizmi uchun ham foydalidir

10:27 / 24.06.2024

Ona suti bilan oziqlantirishning bola uchun foydasi haqida ko‘p gapiriladi. Ammo uning ona organizmi uchun ham foydali ekanini bilasizmi?

Agar ona ko‘zi yoriganidan so‘ng darhol emizishni boshlasa, uning tanasi ko‘p miqdorda oksitotsin gormonini ishlab chiqaradi. Bu esa bachadonning tezroq qisqarishiga yordam beradi, qon ketishini kamaytiradi va anemiyaning oldini oladi.

Emizish orqali qomatni ham me’yorida ushlab turish mumkin. Sut ishlab chiqarish uchun organizm kuniga taxminan 200-500 kaloriya sarflaydi. Emizmaydigan ayol bu miqdordagi kaloriyani yoqish uchun kuniga suv havzasida kamida 30 yo‘lak suzishi yoki velosipedda bir soat davomida tepaga ko‘tarilishi kerak.

Demak, emizikli onalar homiladorlik paytida to‘plangan vaznni tezda yo‘qotish ehtimoli ko‘proq. Albatta, ozish boshqa omillarga — onaning to‘g‘ri ovqatlanishi, gormonal kasalliklarning mavjudligi yoki yo‘qligiga ham bog‘liq.

Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, emizikli ayollar tuxumdon va bachadon saratoniga kamroq moyil. Ushbu xavfli kasalliklar ko‘pincha emizmagan ayollarda uchrashi mumkin. Bu, ehtimol, takroriy ovulyatsiya sikllari va emizikli ayollarda ko‘proq miqdorda bo‘ladigan estrogen gormonining ta’siri bilan bog‘liqdir.

Emizikli ayolda mastopatiya bilan bog‘liq vaziyat ham yaxshilanadi: shifokorlar ushbu kasallikning tabiiy davo chorasini, ya’ni chaqaloqni 3-yilgacha emizishni tavsiya qiladilar.

Emizish tug‘ruqdan keyingi depressiyani yengishga ham yordam beradi: emizikli ayolning organizmida ko‘p miqdorda neyropeptid gormonlari, shu jumladan, quvonch gormoni — endorfin ham bo‘ladi. Ona farzandiga quvonch bilan g‘amxo‘rlik qilib, ruhiy qoniqish hissini tuyadi. Ammo bu faqat 100 foizlik muvaffaqiyatli emizish holatidagina bo‘lishi mumkin.

Ona sutida mavjud bo‘lgan prolaktin gormoni tabiiy tinchlantiruvchi vositadir. Emizikli ona stressga kamroq moyil bo‘ladi va har xil kundalik muammolarga osonroq dosh beradi.

Emizishning foydalari bisyor, lekin chaqaloqni ko‘kragida ushlab turgan baxtli onaga va dunyodagi eng yaxshi, u uchun mo‘ljallangan ozuqani, eng kuchli himoyani olib, miriqib ona mehriga to‘yayotgan chaqaloqqa bir qarashning o‘zi kifoya.


salomatlik


														
														Quyoshda qolgan plastik idishlardan foydalanish saraton kasalligiga olib keladimi?

Quyoshda qolgan plastik idishlardan foydalanish saraton kasalligiga olib keladimi?

Zamonaviy dunyoda plastik hamma joyda mavjud va uning sog‘liq hamda atrof-muhitga ta’siri tobora aniq bo‘lib bormoqda.
18:02 / 29.06.2024

														
														Oziq-ovqatni muzlatgichda saqlaymiz, dori-darmonni-chi?

Oziq-ovqatni muzlatgichda saqlaymiz, dori-darmonni-chi?

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, har bir preparat yo‘riqnomasida uni saqlash qoidasi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
17:34 / 29.06.2024

														
														Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlilik tufayli kasallangan

Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlilik tufayli kasallangan

2030-yilgacha kamharakatlik ko‘rsatkichi 35 foizgacha oshishi mumkin.
16:39 / 28.06.2024

														
														Xotirani yaxshilaydigan va diqqatni oshiradigan mahsulotlar

Xotirani yaxshilaydigan va diqqatni oshiradigan mahsulotlar

Buning uchun she’r yod olish yoki aqliy mashqlarni bajarishdan tashqari, organizmning umumiy holatiga ham e’tibor berish loz…
16:15 / 27.06.2024

														
														JSST dunyoda transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash tarafdori

JSST dunyoda transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash tarafdori

2023-yilda shunday cheklovlar yettita davlat — Misr, Meksika, Nigeriya, Shimoliy Makedoniya, Filippin, Moldova va Ukrainada …
14:51 / 27.06.2024

														
														Olma sirkasining foyda va zarari haqida

Olma sirkasining foyda va zarari haqida

Sirka tarkibida katta miqdorda kislota saqlanadi, u tomoq va qizilo‘ngachning nozik to‘qimalarini osongina zararlaydi.
10:59 / 27.06.2024

														
														Bolani emizish ona organizmi uchun ham foydalidir

Bolani emizish ona organizmi uchun ham foydalidir

Sut ishlab chiqarish uchun organizm kuniga taxminan 200-500 kaloriya sarflaydi.
10:27 / 24.06.2024

														
														Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkin

Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkin

Alsgeymer kasalligi asab hujayralari orasida o‘sadigan blyashkalarda beta-amiloidning to‘planishi natijasida yuzaga keladi.
10:05 / 24.06.2024

														
														Tish implanti o‘rnatish va operatsiyasi haqida

Tish implanti o‘rnatish va operatsiyasi haqida

Ushbu moslamani 14-15 yoshdan 70-80 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga o‘rnatish mumkin.
11:29 / 23.06.2024

														
														Energetik ichimliklar soch to‘kilishiga olib keladi

Energetik ichimliklar soch to‘kilishiga olib keladi

Ma’lum qilinishicha, energetik ichimliklar bevosita soch to‘kilishiga sabab bo‘lib, erkaklarda soch bilan bog‘liq jiddiy aso…
09:40 / 23.06.2024

Bu ham qiziq

Zelenskiyda “tinchlik rejasi” bor

Zelenskiyda “tinchlik rejasi” bor

Rossiya bilan muzokaralarni taqiqlagan va Moskvaning kelishuv bo‘yicha takliflarini rad etgan Zelenskiy bu yil ma’lum bir “t…
13:05 / 29.06.2024
“O‘zgidromet” hududlarni sel-suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” hududlarni sel-suv bosishidan ogohlantirdi

Respublikaning Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu e…
15:36 / 29.06.2024
Prezident nomi ikkinchi bosqichda ma’lum bo‘ladi

Prezident nomi ikkinchi bosqichda ma’lum bo‘ladi

Erondagi prezidentlik saylovida hech bir nomzod 50 foizdan yuqori ovoz to‘play olmagani aniqlandi.
14:11 / 29.06.2024
Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 1-3-iyul kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi.
18:22 / 29.06.2024
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolardan ehtiyotkorlik …
09:43 / 29.06.2024
Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshi Xalqaro kosmik stansiya yaqinida parchalanib ketdi

Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshi Xalqaro kosmik stansiya yaqinida parchalanib ketdi

Sun’iy yo‘ldoshning parchalangani haqidagi dalil NASA va AQSh kosmik qo‘mondonligi tomonidan tasdiqlangan.
09:42 / 29.06.2024
Och qoringa zaytun yog‘i ichishning foydalari

Och qoringa zaytun yog‘i ichishning foydalari

Mazkur o‘simlik moyi ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega dunyodagi eng qadimgi va eng mashhur mahsulotlardan biridir.
14:37 / 29.06.2024
Erondagi prezidentlik saylovida Pezeshkiyan yetakchilik qilmoqda

Erondagi prezidentlik saylovida Pezeshkiyan yetakchilik qilmoqda

Eslatib o‘tamiz, ovozlar yakuniy sanab bo‘lingunga qadar hech kim 50 foizdan yuqori ovoz jamg‘ara olmasa 5-iyul kuni ikkinch…
10:54 / 29.06.2024
30-iyun kuni Respublikaning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

30-iyun kuni Respublikaning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin.
16:20 / 29.06.2024
Aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi

Aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi

Bu shoxobcha Toshkent viloyatida qurilgan.
17:45 / 28.06.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!