AQShda “Oltin malina” antimukofoti “gʻoliblar”i aniqlandi. Mukofotga “sazovor” boʻlgan ijodkorlar ismi maxsus rolik orqali eʼlon qilindi va ushbu rolik YouTube platformasiga joylashtirildi.
Gollivud yulduzi Jared Leto “Morbius” filmidagi roli uchun “Yilning eng yomon aktyori” deb topilgan boʻlsa, “Ikkinchi plandagi eng yomon aktyor” nominatsiyasidagi “gʻoliblik” Tom Xenksga “nasib etdi”. Aktrisa Ana de Armas ishtirokidagi va Gollivud afsonasi Merilin Monro hayoti haqida hikoya qiluvchi “Mallasoch” filmi bir emas, ikki nominatsiyada – “Eng yomon film” va “Eng yomon senariy” yoʻnalishlarida antimukofotga “sazovor boʻldi”.
Machine Gun Kelly va Mod Sun “Xayrli motam” filmi uchun “Yilning eng yomon rejissyorlari” deb eʼlon qilindi.
Maʼlumot uchun, “Oltin malina” mukofoti laureatlari har yili 12-mart sanasida, “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimidan biroz avvalroq eʼlon qilinadi va yilning eng muvaffaqiyatsiz loyihalariga topshirib kelinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!