“O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
2026-yildan har 2 yilda 1 marta estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi.
Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film sur’atga olinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!