$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

O‘tgan olti oyda ko‘chmas mulk savdosi 5,7 foizga qisqardi

16:57 / 11.07.2024

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining navbatdagi sharhida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qildi.Bu haqda UzA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning iyunida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni kamayib, jami 20,2 mingtani tashkil qilgan.   

Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozorida umumiy savdolar hajmi 5,7 foizga pasaygan. Ammo hududiy kesimda vaziyat bir turli bo‘lmagan dinamika bilan xarakterlanadi. Andijon, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida faollik oshgani qayd etilgan.   

Tahlil ko‘chmas mulk bozori beqarorligi va qisqa muddatli tebranishlariga ishora qilmoqda. Xususan, bir oy davomida faollik 6,4 foizga pasayib, ikki oylik ijobiy dinamika o‘rnini egalladi. Holbuki, may oyida sotuvlar 9 foizga, aprel oyida esa 11 foizga oshgan edi. Yil davomida sotuvlar deyarli 14 foizga pasaygan.   

Iyun oyida hududlar kesimida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning eng ko‘p pasayishi Sirdaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida kuzatilgan – mos ravishda 21 foiz, 20 foiz va 16 foiz.   

Respublikaning aksariyat hududlarida sotuvlar pasayishiga qaramasdan, Toshkent shahrida ijobiy dinamika saqlanib qolgan. Hisobot davrida poytaxtda faollik deyarli 5 foizga o‘sgan.   

Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida umumiy savdolar soni 5,7 foizga pasaygan. Mazkur pasayish ayniqsa, Navoiy viloyatida sezilarli bo‘lib, operatsiyalar 26,5 foizga qisqargan. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 13,8 foizni, Jizzax viloyatida 10,6 foizni tashkil etgan.   

Shu bilan birga, bir qator hududlarda ijobiy dinamika qayd etilgan. Xususan, 6 oy ichida o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda eng ko‘p o‘sish Andijon (12,7 foiz), Xorazm (8,3 foiz) va Qashqadaryo viloyatlarida (6 foiz) kuzatilgan.   

Poytaxt ijara bozori may oyida biroz tiklanishdan so‘ng, yana pasayish bilan xarakterlandi. Xususan, Toshkentda ijaraning o‘rtacha bahosi 1,2 foizga pasayib, bir kvadrat metr uchun 8,3 dollarni tashkil etgan.   

“Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi hamon yuqori bo‘lib, har kvadrat metr uchun o‘rtacha 10,2 dollarga teng bo‘lib turibdi.   

Nisbatan arzon uy ijarasi Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolmoqda, bu joylarda ijaraning o‘rtacha narxi bir kvadrat metr uchun 6,4 dollarni tashkil qiladi.   

Shu bilan birga, yil boshidan beri ijara narxining 9,8 foizga arzonlashishi qayd etilgan, o‘tgan yilning iyuniga nisbatan esa ijara haqi 5,5 foizga pasaygan.   

“O‘tgan oyda ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida ham narxlar o‘sish sur’ati sekinlashgan. Agar may oyida uy-joy o‘rtacha narxi o‘sishi kvadrat metr uchun 1,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, iyun oyida bu ko‘rsatkich 0,3 foiz bo‘lgan. Biroq o‘tgan yilning iyuniga nisbatan ikkilamchi bozorda narxlar deyarli 10 foizga oshgan”, deyiladi xabarda.

Ikkilamchi uy-joy segmentida uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Xorazm (18,1 foizga), Buxoro (17,1 foizga), Qashqadaryo (16,7 foizga) va Toshkent viloyatlarida (16 foizga) qayd etilgan.   

Toshkentda ikkilamchi bozordagi umumiy narxlar bir oyda 1,1 foizga pasaygan. Shayxontohur (0,8 foiz), Yakkasaroy (0,6 foiz) va Olmazor tumanlarida (0,3 foiz) esa o‘sish kuzatilgan.   

O‘zbekiston

														Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun bot ishga tushdi

Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun bot ishga tushdi

Endi Yangi Toshkent uchun loyihangizni tez va oson taklif qilishingiz mumkin.
12:44 / 17.10.2026

														Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqargan holati yuzasidan munosabat berildi.
11:14 / 17.10.2026

														Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi eng yirik xolding boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi eng yirik xolding boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

"O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga isho…
09:18 / 17.10.2026

														Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

“Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direk…
09:09 / 17.10.2026

														Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi…
16:17 / 16.10.2026

														Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026

														Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026

														O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026

														2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026

														17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kech…
15:29 / 16.10.2026

Bu ham qiziq

Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarda xorijiy tillarni, jumladan, sharq tillarini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida “Teach for …
09:19 / 16.10.2026
Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda yangi elektr stansiyalari bilan bir qatorda e…
15:03 / 16.10.2026
Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026
Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
17:16 / 15.10.2026
2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026
O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekistonning milliy haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olish imkoniyati muhokama qilindi. Mi…
10:04 / 16.10.2026
AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida 15-oktyabr kuni Silver Rail boshlang‘ich maktabida 16 yoshli o‘smir tomonidan sodir…
09:43 / 16.10.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
09:14 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!