Andijon viloyatida tut daraxtlari qöporib taşlangani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan tezkor örganiş işlari olib borildi.
Boşqarma ma’lumotiga köra, holat “Baxt Imkon Rivoji” fermer xöjaligi hududida xöjalik işçisi tomonidan sodir etilgan. Örganiş davomida jami 19 tup tut daraxti qöporib taşlangani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, mazkur holat oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1,5 milliard sömdan oşgan.
Xabarda holat yuzasidan töplangan hujjatlar qonuniyligiga huquqiy baho beriş uçun prokuratura organlariga yuborişi ma’lum qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!