$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Oʻtgan yilda turli yoʻllar orqali tabiatga yetkazilgan zarar uchun 40 mlrd. soʻm jarima tayinlangan

17:31 / 11.02.2023

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya boshlig‘i Adham Qurbonov ekologik nazorat inspeksiyasining 2022-yildagi faoliytai bilan bog‘liq raqamlarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ekologik nazorat inspeksiyasining 2022-yil davomidagi oʻtkazilgan 77 mingdan ortiq profilaktik tadbirlar davomida 45 300 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga jami 40,0 mlrd. soʻm maʼmuriy jarima va tabiatga yetkazilgan zarar summalari hisoblandi.

1 409 ta holat boʻyicha 5,8 mlrd. soʻm jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish va qonuniy chora koʻrish yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi. 36 ta holat boʻyicha jinoyat ishi ochilgan.

Huquqbuzarlardan 300 dan ortiq hayvonot dunyosi obyektlari, 6 442 kg dorivor, texnik va ozuqabop oʻsimliklar, 2 433 kg baliq mahsulotlari, 550 dan ziyod inventarlar belgilangan tartibda olib qoʻyilgan.

Olib qoʻyilgan hayvonlar tabiat bagʻriga qaytarilib, oʻtin va baliq mahsulotlari kam taʼminlangan oilalar va Mehribonlik uylariga topshirilgan.

Shuningdek, 446 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarda davlat ekologik nazorati tartibida tekshirishlar oʻtkazildi.

Tekshirishlar natijasida 379 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 437,8 mln. soʻm jarima summasi qoʻllanilgan. Atrof-muhitni ifloslantirganligi uchun 50,2 mlrd. soʻm qoʻshimcha kompensatsiya toʻlovlari hisoblangan.

Ekologik talablarga rioya etmagan 24 ta korxona faoliyati sud qarori bilan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha toʻxtatilgan.

Maʼlum qilinishicha, hududlarda noqonuniy tarzda daraxt va butalarni kesish, shuningdek, ularga shikast yetkazish bilan bogʻliq 4 673 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, 7 mlrd. soʻmdan ziyod jarima hamda 10 mlrd.soʻmdan ziyod tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Bu koʻrsatkichlarning aksariyat qismi, asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlari hisobiga toʻgʻri kelgan.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

"O‘zbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy h…
08:31 / 08.05.2025
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 33–35 daraja bo‘ladi.
22:46 / 07.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

7-maydan 8-may sanasiga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Parij shahrida…
10:05 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Ayni paytda viloyat Norin Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan.
13:06 / 08.05.2025
O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) hakamlar akademiyasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 08.05.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani: “Amir Temur”, “Temuriylar” hamda “Alisherobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 da…
14:15 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!