O‘zbekistonda yil oxirigacha qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qurilish materiallari sohasida umumiy qiymati 2,4 milliard dollar bo‘lgan 312 loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu mahsulot ishlab chiqarish hajmini 53 trillion so‘mga yetkazish imkonini beradi.
Bundan tashqari, davlat rahbari mahsulot sifatini nazorat qilish maqsadida “Shaffof qurilish” platformasida ishlab chiqaruvchilar reyestrini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident, shuningdek, geologiya, energiya samaradorligi va qurilish materiallari ishlab chiqarishga ilmiy yondashuv muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!