O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya malikasi Maryam G‘oziy hamrohligida Ammon shahri yaqinida joylashgan “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” (As’hobul Kahf) tarixiy-diniy majmuasiga tashrif buyurdi.
Mazkur majmua diniy ta’qiblardan qochib, g‘orga yashiringan va rivoyatlarga ko‘ra, bir necha asr davomida uyquda bo‘lgan yigitlar haqidagi qadimiy rivoyat bilan bog‘liq.
“Uyqudagi yetti yosh g‘ori” Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi. Ushbu maskan dunyoning turli mamlakatlaridan ziyoratchilar va sayyohlarni jalb qilib keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!