“Mamlakatimiz mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan menga tuhfa etilgan gözal özbek ayvonlari uçun Özbekistonning yuksak hurmatga sazovor Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga öz minnatdorligimni bildirmoqçiman.
Ötgan hafta Özbekiston elçisi Furqat Sidiqov va AQŞ içki işlar vaziri Duglas Bergum iştirokida bölib ötgan ayvonlarning oçiliş marosimi vaqtida “Marine One” vertolyotida uşbu hudud uzra parvoz qiliş men uçun katta şaraf böldi. Ayvonlar haqiqatan ham hayratlanarli darajada gözal!
Özbek mohir hunarmandlari bir neça oy davomida Özbekistondagi oilalaridan uzoqda bölib, murakkab ob-havo şaroitida 200 yillik toğ yonğoği daraxtlari yoğoçidan uşbu ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etdilar. Ular çinakam iste’dod sohiblaridir!
Uşbu tuhfani şaxsiy mulk sifatida saqlaş örniga, men bu gözal ayvonlarni keng jamoatçilikka taqdim etişga qaror qildim. Ular hozirda xavfsiz va gözal poytaxtimizda, Tidal Basin suv havzasi böyida, Tomas Jefferson va Jorj Vaşington yodgorliklari manzarasi oçiladigan joyda qad rostladi.
Bir yildan söng, Milliy qahramonlar boği oçilgaç, uşbu ayvonlar turmuş quriş takliflarini bildiriş, diplomatik qabullar ötkaziş, sakura gullari festivali davomida fotosessiyalar taşkil etiş hamda Tidal Basin hududiga kundalik taşriflar uçun şaharning eng maşhur maskanlaridan biriga aylanadi.
Şuningdek, buyuk özbek hunarmandlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga ham öz minnatdorligimni bildirmoqçiman.
Biz Vaşingtonni har qaçongidan ham gözal şaharga aylantirmoqdamiz!”
Prezident DONALD J. TRAMP
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!