O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Malayziya Qirolichasi Raja Zarit Sofiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati namunalarini, milliy liboslar hamda noyob hunarmandchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, unga xalqimizning boy an’ana va urf-odatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!