$
12085.56 UZS
33.51
164.52 UZS
-0.78
13870.60 UZS
-114.6
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishidagi nutqi

12:45 / 04.05.2026

Hurmatli Masato Kanda Janoblari!

Hurmatli bank boshqaruvchilari!

Xonimlar va janoblar!

Sizlarni Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishida ko‘rib turganimdan behad mamnunman. Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda o‘tkazilayotgani bizga albatta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan diyorimiz qadimdan Sharq va G‘arbni, Shimol va Janubni bog‘lovchi markaz bo‘lib kelgan. Bu yerda azaldan dunyo tamadduni, ilm-fan va savdo yo‘llari tutashgan.

Buyuk tarix va yorqin kelajakni o‘zida mujassam etgan Yangi O‘zbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib bormoqda. Ishonchim komilki, Samarqand anjumani ilg‘or fikr va yangi tashabbuslarni ilgari surishga, muhim qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.

Yangi O‘zbekistonga xush kelibsiz!

Aziz mehmonlar!

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti mutlaqo yangi rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Biz 2016-yildan buyon iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar uchun jozibador muhit yaratish, global qo‘shilgan qiymat zanjirida faol qatnashish, hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini tubdan yangilash, aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha katta islohotlarni olib boryapmiz.

Tarixan qisqa vaqt ichida mehnatkash va bunyodkor xalqimiz bilan murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizga 150 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Birgina energetika sohasida 35 milliard dollarlik investitsiya loyihalari hisobiga elektr ishlab chiqarishni 1,5 barobar oshirib, 87 milliard kilovatt-soatga yetkazdik. Bu davrda tovar va xizmatlar eksporti 3 karra o‘sdi, iqtisodiyotimiz hajmi esa 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi.

Bunday ijobiy natijalar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. 2020-yildan buyon O‘zbekiston suveren kredit reytinglarida  o‘z o‘rnini barqaror oshirib bormoqda. Iqtisodiy erkinlik indeksida bu yil yurtimiz 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi. Global beqarorlik sharoitida ham iqtisodiyotimiz birinchi chorak yakuni bo‘yicha 8,7 foizli o‘sishga erishdi.

Eng muhimi, islohotlarimizda har bir oila, har bir insonning kundalik hayotini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratdik. Biz o‘tgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholi daromadini oshirib, kambag‘allik darajasini qariyb 35 foizdan bugungi kunda 5,8 foizga tushirishga erishdik. O‘zbekiston oxirgi o‘n yilda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta ijobiy o‘zgarish qilgan beshta davlatdan biri bo‘ldi.

Biz 2030-yilga qadar O‘zbekistonda barcha sohalarni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirish niyatidamiz. Natijada daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishni hamda kambag‘allikka to‘liq barham berishni maqsad qilganmiz.

Yaqin kunlarda 13 ta strategik yirik korxonalar aktivlarini o‘z ichiga olgan Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz ulushini xalqaro fond bozoriga chiqaramiz. Aminmanki, bunday muhim qadam hamkorlarimizning yurtimiz investitsiya muhitiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qadrli do‘stlar!

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarda Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining o‘rnini alohida e’tirof etamiz. Ishonchli strategik sherigimizga aylangan Bank bilan hozirgi kunga qadar qariyb 16 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Ayniqsa, Osiyo taraqqiyot banki mamlakatimizdagi qayta tiklanuvchi energetika, qishloqlarda uy-joy qurilishi va Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlarida ilk kunlardan yelkadosh bo‘lganini yuksak qadrlaymiz.

Fursatdan foydalanib, bizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda janoblariga hamda Bank Boshqaruvchilariga shaxsan o‘zim va butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Shu bilan birga, yaqin hamkorlik uchun Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari rahbariyatiga, shuningdek, barcha xorijiy sheriklarimizga alohida tashakkur izhor etaman.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Biz Osiyo taraqqiyot banki bilan kambag‘allikni qisqartirish, inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma barpo etish kabi muhim yo‘nalishlarda yaqin hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab oldik. Kuni kecha Bank bilan 12 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini imzoladik.

Barchangiz yaxshi xabardorsiz, bugungi tahlikali zamonda jahon iqtisodiyotida murakkab o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, yangi texnologiyalar jadal kirib kelyapti. Barqaror taraqqiyotni ta’minlash uchun Bank bilan hamkorlikda yangi mexanizm va ta’sirchan yondashuvlarni joriy etishni davrning o‘zi bizdan talab etmoqda.

Birinchidan, bugun raqamli texnologiya va sun’iy intellekt deyarli barcha sohalarni mutlaqo yangi formatga olib chiqmoqda.

Jahon savdo tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2040-yilga borib, sun’iy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qo‘shimcha 40 foizga oshadi.

Biz axborot texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy kirishganmiz. O‘zbekistonda innovatsiya va bilimlarga asoslangan Sun’iy intellekt xabini tashkil qilishni boshladik. Iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalari ustida ishlayapmiz. Hududlarda data markazlar, super kompyuterlar va sun’iy intellekt laboratoriyalarini ko‘paytirish, “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari”ni tayyorlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshiryapmiz.

Bu yo‘nalishlarda Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSH, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz bizga yaqindan yordam berayotganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Albatta, ta’lim, tibbiyot, suv xo‘jaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda ham ochiq sun’iy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda.

Buning uchun Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sun’iy intellekt ko‘lamini oshirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif etamiz.

Shuningdek, Bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qo‘shilishimizni ma’lum qilamiz hamda Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari suramiz.

Ikkinchidan, raqamli texnologiya va sun’iy intellektning rivojlanishi, o‘z navbatida, energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirmoqda.

Xalqaro energetika agentligi tahlillariga ko‘ra, 2030 yilga borib, data markazlarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi hozirgidan 2-3 karra oshadi. Bunday sharoitda investorlarga arzon, ishonchli va “yashil” energiya taklif qilgan davlatlargina global bozorda raqobatbardosh bo‘la oladi.

Biz bu borada dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 5 ming 600 megavattli yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirib, generatsiyada “yashil” energiya ulushini 30 foizga yetkazdik. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni 54 foizga olib chiqishni reja qilganmiz.

Umuman olganda, mintaqamizning qayta tiklanadigan energiya generatsiyasi bo‘yicha juda katta salohiyati bor. Toza energiya eksportini kengaytirish uchun Markaziy Osiyo – Yevropa “yashil” energetika koridorini yaratishda Osiyo taraqqiyot banki ko‘rsatayotgan yordamni minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz. Mintaqa davlatlari Bank bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda ushbu “energetik arteriya” loyihasini boshlashiga ishonamiz.

Uchinchidan, o‘zaro bog‘liq transport tizimi va logistika yo‘laklari barqarorligini ta’minlash eng dolzarb masalaga aylanmoqda.

Jahondagi ziddiyatlar oqibatida logistika koridorlari o‘zgarishi hozirning o‘zida Markaziy Osiyo davlatlari uchun yuk tashish xarajatining 30 foizgacha oshishiga, yetkazib berish muddatlari esa bir necha hafta kechikishiga sabab bo‘lmoqda.

Xabaringiz bor, Sharq va G‘arbni bog‘laydigan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari boshlangan. Ushbu yangi transport yo‘lagi hisobiga butun mintaqaning tranzit salohiyati sezilarli darajada oshadi. Mahsulotlarni yetkazib berish muddati 10 kungacha qisqaradi, yiliga 15 million tonnagacha yuk tashish imkoniyati yaratiladi.

Bu borada Bankning Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida “Raqamli bojxona va logistika alyansi”ni tashkil etishni taklif etamiz. Buning natijasida bojxona tartiblarini uyg‘unlashtirish, hujjatlar aylanishini raqamlashtirish, chegara orqali yuk tashishlarni yengillashtirish imkoniyati yaratiladi.

To‘rtinchidan, Bank ishtirokida xususiy sektor bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishdan manfaatdormiz.

Ayniqsa, hozirgi texnologiyalar asrida kritik minerallar uchun raqobat kun sayin avj olayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Xalqaro ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, 2040-yilga borib, sanoat uchun muhim minerallarga talab 6 barobar oshadi. Bu – yangi imkoniyat. O‘zbekiston mis, volfram, molibden, magniy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxirasiga ega. Biz bu salohiyatni ishga solish maqsadida koreyalik hamkorlarimiz bilan R&D markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydik. Toshkent va Samarqand viloyatlarida “Kelajak metallari texnoparki”ni bunyod etmoqdamiz. AQSH, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarning yirik kompaniyalari bilan qiymati 1,6 milliard dollarlik 70 dan ziyod loyihani boshlaganmiz.

Biz nafaqat foydali minerallarni qazib olish, balki ularni chuqur qayta ishlash orqali iqtisodiyot rivojiga yangi turtki berishni maqsad qilganmiz. Osiyo taraqqiyot bankining “Kritik mineraldan – ishlab chiqarishga” dasturiga qo‘shilish va uning doirasida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishni taklif etamiz. Bunda geologiya-qidiruv ishlarida zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy qilish, qazib olish va qayta ishlash jarayonlariga ekologik standartlarni tatbiq etish, kritik minerallarni yetkazib berishning barqaror zanjirlarini yaratish muhim, deb hisoblaymiz.

Beshinchidan, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanish jarayonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyoti uchun jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ekologik muammolar oqibatini yumshatish maqsadida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelyapmiz. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar yashil qoplamali himoya o‘rmonzorlarini yaratdik. O‘zbekistonda 2030-yilgacha yashillik darajasini 30 foizga yetkazish bo‘yicha katta marra olganmiz.

Ayni paytda Osiyo taraqqiyot banki ham 2030-yilgacha mo‘ljallangan iqlim sohasida Harakatlar rejasini samarali amalga oshirib kelmoqda. Bank ajratayotgan yillik mablag‘larning 50 foizdan kam bo‘lmagan qismini iqlim loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirmoqda.

O‘ylaymanki, bunday ezgu sa’y-harakatlarni Bank va mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda ro‘yobga chiqarsak, natijasi yanada yuqori bo‘ladi. Shu bois, “Markaziy Osiyo yashil belbog‘i” mintaqaviy loyihasini amalga oshirishni taklif etamiz.

Oltinchidan, dunyodagi notinchlik tufayli millionlab turistlar xavfsiz yo‘nalishlarni qidirmoqda.

Markaziy Osiyo ziyorat, madaniy, gastronomik, etno, ekstremal, tibbiyot kabi turizm yo‘nalishlarida katta salohiyatga ega. Bu sohaga alohida e’tibor qaratib, zarur infratuzilma, servis, viza va transport, eng muhimi, sayyohlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirdik. Buning hisobiga o‘n yil ichida O‘zbekistonga xorijiy turistlar oqimi 6 karra oshib, 12 million nafarga yetdi.

Yaqinda Toshkent shahrida ochilgan Markaziy Osiyoning ilm-fan va ma’naviy xazinasi sifatida e’tirof etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda barpo etilgan buyuk alloma Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi yurtimizning yangi durdonalariga aylandi. Bunday majmualar qo‘shni mamlakatlarda ham bunyod etilmoqda. Shu bois mintaqa davlatlarini birlashtiradigan turistik makon – “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratish tashabbusini ilgari suramiz. Qo‘shni davlatlar, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa hamkorlarimizni turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar portfelini shakllantirib, birgalikda moliyalashtirishga chaqiramiz.

Yuqorida aytib o‘tilgan barcha taklif va tashabbuslarni biz Osiyo taraqqiyot banki bilan faqat suveren kreditlar doirasida emas, balki davlat-xususiy sheriklik, kafolat instrumentlari, aralash moliyalashtirish va xususiy kapitalni jalb etish orqali faol hamkorlikda amalga oshirishga tayyormiz. Shu munosabat bilan mintaqaviy loyihalar uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasini shakllantirishni taklif etamiz.

Hurmatli Bank boshqaruvchilari!

Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlar Osiyo taraqqiyot bankining keng mintaqamiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi muhim o‘rnini yanada oshirmoqda. Bu borada biz Bank Prezidenti, xalqaro moliya va iqtisodiy munosabatlar sohasida katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan Masato Kanda janoblarining olib borayotgan samarali islohotlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Qadrli yig‘ilish ishtirokchilari!

Bugungi anjumanda dunyoning 100 dan ortiq davlati, xalqaro moliya tashkilotlari, yetakchi banklar va kompaniyalarning nufuzli ekspertlaridan iborat 4 mingdan ziyod vakillar qatnashmoqda.

Samarqand platformasida ilgari suriladigan muhim taklif va tashabbuslar kelgusida katta amaliy natijalarga, har bir kelishuv esa aniq va foydali loyihalarga aylanishiga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, barchangizni Yangi O‘zbekistonning go‘zal tabiati, tarixiy obidalari, yurtimizning zamonaviy arxitektura qiyofasi bilan yaqindan tanishishga taklif qilaman.

So‘zimning yakunida, sizlarga mustahkam sog‘liq, mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuksak madaniyat namunasini ko‘rsatdi

O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuksak madaniyat namunasini ko‘rsatdi

Jahon chempionati doirasida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi nafaqat maydondagi haraka…
15:40 / 18.06.2026

														
														Bugun 19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun 19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-iyun soat 20:00 dan 19-iyun soat 20:00 gacha TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi,…
15:32 / 18.06.2026

														
														Toshkentda haydovchilar uchun qulaylik: Abdulla Qodiriy ko‘chasida yangi burilish joyi ochildi

Toshkentda haydovchilar uchun qulaylik: Abdulla Qodiriy ko‘chasida yangi burilish joyi ochildi

Toshkent shahrida transport harakatini yanada samarali tashkil etish va haydovchilar uchun ortiqcha vaqt hamda masofa sarfin…
14:17 / 18.06.2026

														
														Buyuk Britaniyada ikki yil davomida 13-15 yoshli bolalarni zo‘rlab kelgan afg‘onistonlik immigrantlar ushlandi

Buyuk Britaniyada ikki yil davomida 13-15 yoshli bolalarni zo‘rlab kelgan afg‘onistonlik immigrantlar ushlandi

Politsiya may oyida Norfolk va Shotlandiyada qidiruv o‘tkazib, 20–21 yoshdagi 7 afg‘onistonlikni qo‘lga oldi. Yana bir gumon…
13:40 / 18.06.2026

														
														Toshkentda ketma-ket 4 kun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Toshkentda ketma-ket 4 kun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Uzoq davom etgan issiq ob-havodan so‘ng poytaxt aholisi sezilarli harorat pasayishiga guvoh bo‘ladi. 18–21-iyun kunlari davo…
12:13 / 18.06.2026

														
														Ziroat Mirziyoyeva va Elke Byudenbender inklyuziv ta’lim markazida uchrashdi

Ziroat Mirziyoyeva va Elke Byudenbender inklyuziv ta’lim markazida uchrashdi

Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat Birinchi xonim…
12:01 / 18.06.2026

														
														AQSH va Eron o‘rtasida muhim kelishuv: Hormuz bo‘g‘ozi qayta ochilishi mumkin

AQSH va Eron o‘rtasida muhim kelishuv: Hormuz bo‘g‘ozi qayta ochilishi mumkin

AQSH va Eron o‘rtasida muhim kelishuv: Hormuz bo‘g‘ozi qayta ochilishi mumkinAQSH va Eron o‘rtasidagi keskin munosabatlarni …
11:06 / 18.06.2026

														
														Elektr tarmog‘i bilan bog‘liq korrupsion sxemalar fosh etildi

Elektr tarmog‘i bilan bog‘liq korrupsion sxemalar fosh etildi

O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini yashirish yoki tarmoqqa qonunga…
10:22 / 18.06.2026

														
														O‘zbekiston temir yo‘llarida yangi bosqich: 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi

O‘zbekiston temir yo‘llarida yangi bosqich: 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakat temir yo‘l tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan muhim kelishu…
10:16 / 18.06.2026

														
														Albaniya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Ko‘ksaroyda qanday kelishuvlarga erishildi?

Albaniya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Ko‘ksaroyda qanday kelishuvlarga erishildi?

Iqtisodiy hamkorlik va yangi logistika yo‘laklari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya yetakch…
17:14 / 17.06.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda ketma-ket 4 kun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Toshkentda ketma-ket 4 kun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Uzoq davom etgan issiq ob-havodan so‘ng poytaxt aholisi sezilarli harorat pasayishiga guvoh bo‘ladi. 18–21-iyun kunlari davo…
12:13 / 18.06.2026
Buxoroda ishga joylashtirish va’da qilib 3 500 dollar olgan shaxs ushlandi

Buxoroda ishga joylashtirish va’da qilib 3 500 dollar olgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida fuqarolarni ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.
12:12 / 17.06.2026
Buyuk Britaniyada ikki yil davomida 13-15 yoshli bolalarni zo‘rlab kelgan afg‘onistonlik immigrantlar ushlandi

Buyuk Britaniyada ikki yil davomida 13-15 yoshli bolalarni zo‘rlab kelgan afg‘onistonlik immigrantlar ushlandi

Politsiya may oyida Norfolk va Shotlandiyada qidiruv o‘tkazib, 20–21 yoshdagi 7 afg‘onistonlikni qo‘lga oldi. Yana bir gumon…
13:40 / 18.06.2026
Hindistonda imtihonlar sabab Telegram vaqtincha bloklandi, Durov qarorni tanqid qildi

Hindistonda imtihonlar sabab Telegram vaqtincha bloklandi, Durov qarorni tanqid qildi

Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish uchun o‘tkaziladigan NEET-UG imtihonlari bilan bog‘liq mojarolar ortidan Telegram …
11:48 / 17.06.2026
Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Albaniya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi …
17:29 / 16.06.2026
O‘zbekistonlik talabalar ta’lim uchun eng ko‘p qaysi davlatlarni tanlamoqda?

O‘zbekistonlik talabalar ta’lim uchun eng ko‘p qaysi davlatlarni tanlamoqda?

2026-yilning yanvar-aprel oylarida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.
17:12 / 17.06.2026
O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuksak madaniyat namunasini ko‘rsatdi

O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuksak madaniyat namunasini ko‘rsatdi

Jahon chempionati doirasida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi nafaqat maydondagi haraka…
15:40 / 18.06.2026
18-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
16:36 / 17.06.2026
Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026
Uchquduqda yirik yong‘in: do‘kon va omborxonalar zarar ko‘rdi

Uchquduqda yirik yong‘in: do‘kon va omborxonalar zarar ko‘rdi

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida yirik yong‘in sodir bo‘lib, savdo do‘konlari va omborxonalarga jiddiy zarar yetdi.
11:36 / 17.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!