Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 90 dan ortiq xonadon tomorqalarini suv bosdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1-may kuni soat 21:41 da “112” tizimi orqali “Vorux Dasht” va “Yangiqo‘rg‘on” MFYlarining ayrim ko‘chalaridagi uylar tomorqalariga yomg‘ir suvlari kirgani haqida xabar kelib tushgan.
joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat va tuman hokimliklari vakillari zudlik bilan yetib borib, oqibatlarni bartaraf etish ishlarini boshlagan.
Hozirda barcha zarur kuch va vositalar jalb etilgan, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Jabrlanganlar yo‘q.
Mutasaddilarga ko‘ra, hodisa oqibatlari qisqa muddatda to‘liq bartaraf etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!