Gʻafur Gʻulom metro bekatida sodir bo‘lgan hodisada ayol kishi ehtiyotsizlik sabab relsga tushib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, bekatga kirib kelayotgan poyezd mashinisti vaziyatni tezda payqab, harakat tarkibini zudlik bilan to‘xtatgan va barcha xavfsizlik choralariga rioya qilingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro jiddiy tan jarohati olmagan. U tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rik uchun olib ketilgan.
Hodisa metro harakati jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan, hozirda poyezdlar belgilangan tartibda qatnovni davom ettirmoqda.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilardan xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘ramoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!