O‘zbekiston iqtisodiy islohotlari xalqaro maydonda yana bir muhim e’tirofga sazovor bo‘ldi. “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi”ning London va Toshkent fond birjalarida IPOʼga chiqishi mamlakat iqtisodiyoti uchun tarixiy voqea sifatida baholanmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bu jarayon O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar oqimini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Endilikda dunyoning yirik investorlari va xalqaro fondlari o‘zbekistonlik kompaniyalar aksiyalariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, London fond birjasida listingdan o‘tish kompaniyalarning xalqaro standartlar asosida ochiq va shaffof faoliyat yuritishini anglatadi. Bu esa mahalliy va xorijiy investorlar uchun ishonch omilini yanada kuchaytiradi.
Jamg‘arma tarkibidagi korxonalarning umumiy qiymati 11 milliard dollardan ortiq ekani aytilmoqda. “UZNF” tikeri ostidagi savdolar 2026-yil 18-may kuni London hamda Toshkent fond birjalarida boshlanadi.
Iqtisodchilar ushbu jarayonni O‘zbekistonning global moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlovchi muhim qadam sifatida baholamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!