O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha o‘tgan yilgi o‘rnidan 7 pog‘ona pastlab, dunyoda 122-o‘rinni (13,95 Mbit/s) egalladi. Bu haqda “Speedtest Global Index” sayti hisobotida ma’lum qilindi.
Ushbu reytingdan 141 mamlakat o‘rin olgan.
Ushbu reytingda eng tez mobil internet Qatarda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Birlashgan Arab Amirliklari va Norvegiya egallagan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston 5 pog‘ona pastlagan va 95-o‘rinda qayd etilgan. Qirg‘iziston esa 3 pog‘ona tushib, 100-o‘rindan, Tojikiston esa 1 pog‘ona pastlab, 137-o‘rindan joy olgan.
Shuningdek, optik tolali internet (Wi-fi) tezligi reytingida 178 mamlakat mavjud. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston 2021-yilga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab 89-o‘rinda (45,03 Mbit/c) qayd etilgan.
Reytingning yuqori o‘rinlarida Singapur, Xitoy va Chili qayd etilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston 83, Qozog‘iston 96, Tojikiston 118-o‘rinni egallagan.
Ikki yo‘nalish bo‘yicha reytingda eng quyi pog‘onada Afg‘oniston va Kuba mamlakatlari keltirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!