Kuni kecha, taxminan soat 11:30 lar atrofida “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruv yo‘qotishi oqibatida yuk mashinasi yon tomonga ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, biroq avtomobilga ortilgan barcha yuk yo‘lning qatnov qismiga sochilib ketgan.
Haydovchiga yordam ko‘rsatish uchun FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etishgan.
Bundan bir kun avval esa, taxminan shu hududning o‘zida Spark rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib, yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan. Mazkur holatda ham haydovchiga qutqaruv bo‘linmalari xodimlari tomonidan yordam ko‘rsatilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!