O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari milliy darajada COVID-19 virusiga qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhimligini taʼkidlab, ayrim masalalarda to‘g‘risida kelishib olishgan. Bu haqda Saritariya-epidemiologiya xizmati maʼlum qildi.
Unga ko‘ra:
– Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladilar.
– Tomonlar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat egasiga, tomonlar davlatlarining hududiga COVID-19 virusi tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydilar.
– Milliy darajada yoki JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan to‘liq emlangan ikki mamlakatdan kelgan sayohatchilar, agar emlash tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, o‘z mamlakatlariga kirishda ushbu qoidalardan foydalanadilar.
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi Kelishuv 2022-yil 15-martdan eʼtiboran O‘zbekiston va Turkiya uchun amal qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!