O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 840,02 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 3,81 so‘mga oshib, 10 840,02 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 278,49 so‘mga baholanib, 32,53 so‘mga pastladi. Shuningdek, 1 rubl 144,65 so‘m etib belgilanib, 1,55 so‘mga oshdi.
Ma’lumot uchun, ushbu almashuv kurslari 2022-yil 10-yanvar, dushanba kunidan kuchga kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!