O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab beriladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan uning tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Unga ko‘ra:
– tog‘li va cho‘l hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam bo‘lmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million so‘m;
– tog‘li va cho‘l hududlarda 150 kv metrdan kam bo‘lmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million so‘m miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
– Ziplayn xizmatlari — po‘lat arqonning ikki uchi maxsus ustunlarga qotirib mahkamlangan attraksionda po‘lat arqon bo‘ylab yerdan ko‘tarilgan holda tortishish kuchi ta’sirida havo orqali maxsus moslama yordamida tushish bo‘yicha ekstremal turizm xizmatlari;
– Kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi — yer sathidan ma’lum masofa balandlikda arqonlar yordamida mahkamlangan attraksionlardan tashkil topgan, turli darajadagi qiyinchilikdagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan sport va sayyohlik majmuasi;
– Tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn hamda kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Subsidiya ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari to‘liq foydalanishga topshirilgandan keyin ajratiladi. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqqoniyligiga tadbirkorlik subyekti mas’ul hisoblanadi.
Qarorga ko‘ra, quyidagi tuman va shaharlar tog‘li va cho‘l hududlarida ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Amudaryo, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Ellikqal’a tumanlari;
– Andijon viloyati — Xo‘jaobod tumani, Xonabod shahri;
– Buxoro viloyati — Kogon, G‘ijduvon, Romitan tumanlari;
– Jizzax viloyati — Arnasoy, Baxmal, Zomin, Forish tumanlari;
– Qashqadaryo viloyati — Kitob, Shahrisabz tumanlari;
– Navoiy viloyati — Konimex, Nurota, Xatirchi tumanlari;
– Namangan viloyati — Kosonsoy, Pop, Chortoq, Chust tumanlari;
– Samarqand viloyati — Samarqand, Urgut tumanlari;
–Surxondaryo viloyati — Boysun, Sariosiyo tumanlari;
– Sirdaryo viloyati — Sayxunobod tumani;
– Toshkent viloyati — Angren shahri, Bo‘stonlik, Ohangaron, Parkent tumanlari;
– Farg‘ona viloyati — So‘x, Farg‘ona tumanlari;
– Xorazm viloyati — Bog‘ot, Tuproqqa-da, Xiva, Urganch, Yangibozor tumanlari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!