$
11913.35 UZS
14.26
₽
142.39 UZS
0.86
€
13328.66 UZS
30.24
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun to‘lovning yangicha tartibi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

11:51 / 19.05.2022

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya hamda Energetika vazirliklarining energetika sohasini isloh qilish masalalari bo‘yicha maʼlumotida keltirilishicha, quyidagi sabablarga ko‘ra O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun to‘lovning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Yaʼni sohada ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo‘yicha amalga kiritiladi.

Jumladan:

– elektr energiyasini yetkazib berish infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar bor.

Masalan, so‘nggi 5 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobarga oshgan, yetkazib berilgan elektr energiyasi esa 1,5 barobarga o‘sgan.

Shunga qaramasdan, yetkazib berish infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi hisobiga 2021 yilda respublika bo‘yicha elektr energiyasiga qondirilmagan talab hisob-kitoblarga ko‘ra 2-3 mlrd kVt.soatni tashkil etgan.

– IES energobloklarning aksariyati 25 yildan ortiq muddatda foydalanib kelinmoqda, ularning foydali ish koeffitsiyenti past (25-35 foiz) va zamonaviy bug‘-gaz uskunalariga (foydali ish koefitsiyenti – 55-60 foiz) qaraganda 2 baravar ko‘p yoqilg‘i sarflaydi.

Shuningdek, so‘nggi uch yilda IESlarga elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi 15 mlrd kub metrdan 17 mlrd kub metrga yetdi. Ushbu davrda aholiga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi ham 10 mlrd kub metrdan 13 mlrd kub metrga ko‘paydi.

– Mavjud elektr uzatish tarmoqlari va transformatorlarning asosiy qismining quvvat o‘tkazish qobiliyati pastligi isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetarli hajmda yetkazib berish imkoniyatini bermaydi.

Shuningdek, elektr taʼminotidagi ko‘p sonli uzilishlarga va elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari yomonlashishiga olib keluvchi taqsimlovchi tarmoqlar va transformatorlarning yuqori darajada eskirganligi sabab bo‘lmoqda.

– narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllanmaganligi va asosiy fondlarning eskirganligi soha korxonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib kelmoqda.

Xususan, 2021-yilni O‘ztransgaz – 2,5 trln so‘m, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari – 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan.

Taʼkidlash lozimki, ushbu davlat korxonalarining zararlari va ularning moliyaviy majburiyatlari pirovardida davlat byudjeti xarajatlarining bevosita va bilvosita oshishiga olib kelmoqda.

– aholi sonining oshib borishi va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan talabni taʼminlash uchun energiya resurslari ishlab chiqarishning qo‘shimcha quvvatlarini barpo etish lozim.

Misol uchun, 2030-yilga borib respublika isteʼmolchilarining tabiiy gazga bo‘lgan yillik talabi hozirgi 54,2 mlrd kub metrdan 65 mlrd kub metrgacha oshishi hisob-kitob qilingan.

Elektr energiyasida esa bu ko‘rsatkich joriy 74 mlrd kVt.soatdan 110 mlrd kVt.soatgacha oshishi kutilmoqda. Yiliga 110 mlrd kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berish uchun qo‘shimcha ravishda 19 GVt quvvatli yangi elektr stansiyalari qurilishi talab etiladi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan energoresurslar bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun kamida 25 mlrd dollar mablag‘lar zarur.

Vaholanki, “O‘zbekneftgaz” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning amaldagi moliyaviy holati bu qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishga imkon bermaydi.

Shu bilan birga, mazkur korxonalar tomonidan kredit mablag‘larining jalb etilishi o‘z navbatida respublikaning tashqi qarzi hajmining oshishiga olib keladi.

Qayd etilishicha, elektr energiyasi narxi arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston Liviya, Angola, Sudan, Qirg‘iziston, Zimbabve va Tojikistondan so‘ng dunyoda 7-o‘rinni egallaydi (Qirg‘iziston va Tojikistonda elektr energiyasining asosiy qismi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi, shu sababli uning narxi arzonroq).

Bundan tashqari, elektr energiyasining 1 kVt.soatining tannarxini 800 so‘m deb olinsa, bir oyda o‘rtacha 200 kVt.soat elektr energiyasi ishlatadigan xonadon oyiga 101 ming so‘m, 400 kVt.soat elektr ishlatadigan xonadon esa 202 ming so‘m miqdorida shartli subsidiya olmoqda.

Boshqacha qilib aytganda, amaldagi tariflar asosan daromadi nisbatan yuqori va mos ravishda ko‘proq energiya resurslari isteʼmol qiladigan abonentlarga katta miqdordagi shartli subsidiya berilishiga olib kelmoqda.

Misol uchun: bir paytning o‘zida 2-3 ta konditsioner, bittadan ortiq muzlatkich, kompyuter va boshqa elektr jihozlaridan foydalanuvchi, yaʼni to‘lov qobiliyati yuqori xonadonlar mos ravishda ko‘proq elektr energiyasini sarf qiladilar. Natijada ushbu xonadonlar ko‘proq shartli subsidiya olmoqdalar.

Shuningdek, elektr energiyasi isteʼmol qiluvchi jami 7,3 mln abonent mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt.soatgacha elektr energiyasini isteʼmol qiladi. Lekin, mazkur xonadonlarning hissasiga aholi isteʼmol qiladigan jami elektr energiyasining bor-yo‘g‘i 31 foizi (5,7 mlrd kVt.s) to‘g‘ri keladi. Boshqacha qilib aytganda elektr energiyasining eng ko‘p isteʼmol qiluvchi 20 foiz isteʼmolchilar umumiy elektr energiyasining 69 foizini isteʼmol qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, sohaga xususiy investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida keng jalb etish kelajakda yangi quvvatlarni yaratishning birdan-bir yo‘li bo‘lib hisoblanadi.

Bunda, energetika sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishning eng zaruriy sharti – bu ular ishtirokida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini rentabelli, yaʼni foyda keltiradigan narxlarda sotish bo‘lib hisoblanadi.

“Respublikaning yildan yilga oshib borayotgan energo resurslar talabini barqaror va to‘liq taʼminlab borish hamda sohaga xususiy investitsiyalarning kirib kelishini taʼminlash uchun respublika energiya resurslari bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish zarur.

Albatta islohotlarning ushbu o‘tish davrida aholining kam taʼminlangan va past daromadli qatlami manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy himoya choralari ishlab chiqilmoqda.

Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan pensiya va bolalari uchun nafaqa oluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi”, – deyiladi maʼlumotda.

Taʼkidlanishicha, davlat tomonidan energiya resurslari narxlarini “shartli subsidiyalash” amaliyoti saqlab qolinadi. Biroq, “shartli subsidiyalar”ni taqsimlashda ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo‘yicha amalga kiritiladi.

Energiya isteʼmol qilishning ijtimoiy normasi sifatida aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan maʼlum miqdordagi energiya tushuniladi. Yaʼni, muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi va bu miqdordan oshig‘i erkin bozor narxida sotiladi.

Energetika sohasidagi islohotlar tabiiy gaz va elektr energiya tariflarini ijtimoiy adolat tamoyillari asosida belgilash hamda aholi va tadbirkorlarimiz uchun energiya taʼminotining uzluksizligi va ko‘lamini kengaytirish uchun zamin yaratadi.

Bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Barcha fikr va takliflar o‘rganib chiqiladi.


Bu ham qiziq

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi.
15:38 / 14.10.2026
Dunyoda o‘ta qashshoqlikda yashayotganlar soni 51,5 millionga oshdi

Dunyoda o‘ta qashshoqlikda yashayotganlar soni 51,5 millionga oshdi

BMT Taraqqiyot dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab kambag‘allikdan aziyat chekayotganlar soni 1,2 milliard kishiga y…
10:03 / 13.10.2026
Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

13-oktyabr kuni AQSHda afsonaviy reper Tupak Shakurning 1996-yildagi qotilligida ayblangan Dueyn “Keffi Di” Devis umrbod qam…
09:45 / 14.10.2026
Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7…
15:56 / 14.10.2026
Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Cobalt avtomobili elektroskuter bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ld…
14:31 / 13.10.2026
O‘zligini anglagan jamiyatgina o‘z kelajagini qura oladi

O‘zligini anglagan jamiyatgina o‘z kelajagini qura oladi

Bugun dunyo juda tez o‘zgaryapti. Texnologiyalar, iqtisodiyot, shaharlar, odamlarning yashash tarzi yangilanmoqda.
08:55 / 14.10.2026
Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026
Bo‘stonliqda 4 gektar yerning toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollar bilan ushlandi

Bo‘stonliqda 4 gektar yerning toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollar bilan ushlandi

Bo‘stonliqda 4 gektar yerning toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollar bilan ushlandi
11:19 / 13.10.2026
Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasin…
11:31 / 14.10.2026
Popda ozodlikdan mahrum etilgan shaxs apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi

Popda ozodlikdan mahrum etilgan shaxs apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2026-yil 13-oktabr kuni e’lon qilingan ajrimi b…
09:14 / 13.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!