Prezident Şavkat Mirziyoyev Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliy markazida transport-logistika sohasi investorlari va tadbirkorlari bilan uçraşuv ötkazmoqda.
Uçraşuvda iqtisodiy ösiş sur’atlariga mos ravişda transport tizimini rivojlantiriş, sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, sönggi 10 yil davomida yöl sohasiga 80 trillion söm mablağ yönaltirilgan. Bu davrda 7 ming kilometr yöl qayta qurilib, 125 ming kilometr yöl ta’mirlangan.
Şuningdek, umumiy qiymati 5,6 milliard dollar bölgan, jami 593 kilometr uzunlikdagi pulli avtomobil yöllarini quriş böyiça beşta loyiha boşlangan. Toşkent – Samarqand yönalişida 2,2 milliard dollarlik quriliş işlari boşlangan bölsa, Toşkent – Angren yönalişidagi 1,6 milliard dollarlik loyiha böyiça tender jarayonlari yakunlanmoqda.
Davlat rahbari Toşkent – Çorvoq, Samarqand – Buxoro yönalişlari hamda Taxtaqoraça dovonidagi yöllar böyiça 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etiş yuzasidan topşiriq berdi.
Uçraşuvda yöl va köpriklar qurilişiga xususiy sektorni keng jalb qiliş masalasiga ham e’tibor qaratildi. Hozirga qadar hududlarda umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 131 ta loyiha taklifi tayyorlangan.
Hokimlarga bir oy muddatda har bir hududda 1–2 tadan yöl yoki köprik loyihasini belgilaş hamda ularni quriş, saqlaş va boşqariş şarti bilan investorlarga taklif etiş topşirildi.
Bundan taşqari, investorlar yöllar böyida savdo va servis obyektlarini taşkil etiş huquqiga ham ega böladi. Bunday loyihalarni har bir tumanda amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!