$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda madaniy meros haftaligi ochildi

11:56 / 03.07.2023

Mamlakatimizda 2023-yilning 3-7-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida  “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” madaniy meros  haftaligi hamda “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik  tashabbuslari haftaligi o‘tkaziladi.  Ushbu tadbirlarga dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlaridan yuzlab mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Hafta davomida poytaxtimizdagi muzeylarda Temuriylar davri madaniy merosi, xalq amaliy san’ati durdonalari, O‘zbekistonda saqlanayotgan Avangard san’ati durdonalari ko‘rgazmalari o‘tkaziladi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston – barqaror rivojlanish sari”, “Qulay biznes muhiti”, “Sog‘lom va bilimli jamiyat”, “Sifatli ta’lim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi”, “Mintaqalarni bog‘lovchi ko‘prik”, “Inson qadri e’zozlanadigan diyor” singari mavzularda konferensiya va davra suhbatlari, uchrashuv va taqdimotlar o‘tkaziladi. 

Poytaxtimizda yaqinda barpo etilgan tadbirlar majmuasida mazkur haftaliklarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, jurnalist va blogerlar tashrif buyurishdi.

Marosim avvalida mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy sohalardagi yangilanish jarayonlari haqidagi  videorolik namoyish qilindi. Marosimda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi  yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, madaniyat va san’atni rivojlantirishga  qaratilayotgan ulkan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdilar.

“Bugun dunyo miqyosida mamlakatlar asosan iqtisodiy imkoniyatlari bilan emas, qadriyatlari, madaniyati bilan o‘zaro bellashyapti, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. – O‘zbekiston ham o‘zining  tashqi siyosatida birinchi navbatda madaniy salohiyatiga tayanadi. Shu orqali  yurtimiz bugun xalqaro miqyosda  o‘z imijini yaratmoqda. Bugun boshlanyotgan madaniy tadbirlar ham O‘zbekiston madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan”.

“Insoniyat uchun eng muhimi  bu muloqotdir, - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov. –  Yurtimizda xalqaro darajadagi  muloqotlarni ta’minlash maqsadida  davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan keng qamrovli  ishlar qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati bajayotgan ulkan ishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Bugun ishga tushirilgan mazkur madaniyat maskani ham, bugundan boshlanadigan madaniy tadbirlar ham aynan turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi madaniy muloqotni ta’minlaydi, deb umid qilaman”.

“Bugungi anjuman avvalo ijod ahlini, madaniyat va san’at vakillarini jamlamoqda, - dedi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov. – Ayni paytda  xalqaro darajadagi hamkorlik aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Bunda san’atimiz vakillarining  ham munosib o‘rni bor. Bugun ochilayotgan haftalik ana shu hamkorlikni yanada mustahkamlashga, o‘zbek madaniyati va san’atini shuhratini yanada keng yoyishga xizmat qiladi”.

“Biz Yangi O‘zbekistonda milliy kino san’ati  rivojiga qaratilayotgan e’tibordan minnatdormiz, - dedi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov. – Ayniqsa, xalqaro andozalarga mos ravishda, yangi ijodiy loyihalar taqdimotini o‘tkazishga mo‘ljallangan yangi bino – tadbirlar  majmuasi qurilib foydalanishga topshirilishi ana shu yuksak e’tiborning yorqin dalili bo‘la oladi”.

“Hamma narsani vaqt hal qiladi, deyishadi, - dedi O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev. – Bir paytlar bunday yirik san’at koshonalarini orzu qilishmiz mumkin edi, xolos. Bugun ana shu orzular amalga oshmoqda. Yurtimizda  barcha sohalar qatori, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishda  ham keng qamrovli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.  Vatanimiz kundan-kunga chiroy ochib, yangidan-yangi imoratlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar bunyod etilmoqda. Keyingi yillarda O‘zbekiston bir qator xalqaro madaniy tadbirlarga mezbonlik qilmoqda. Xususan, maqom, baxshichilik, hunarmandchilik anjumanlari, Toshkent Xalqaro kinofestivali shular jumlasidan”.

“Uch yil avval xuddi shu yerda, “O‘zbekfilm” binosida o‘tgan bir  nufuzli  uchrashuvda  o‘zbek kinosining avvalgi shuhratini qayta tiklash masalasi ko‘tarilgan edi, - dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston kino  arboblari uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov. – O‘tgan qisqa fursat ichida o‘zbek kinosi yana jonlandi. O‘nlab yangi filmlarimiz dunyo yuzini ko‘rdi. O‘zbek kino ustalari yaratgan ko‘plab filmlar xalqaro miqyosda, nufuzli kino anjumanlarida e’tirof etilyapti. Bularning barchasi o‘zbek kinosiga qaratilayotgan ulkan e’tibor natijasidir. Biz kelgusida xalqimizning ishonchini yangi-yangi filmlarimiz, xalqaro darajadagi yutuq va muvaffaqiyatlarimiz bilan qaytarishga qo‘ldan kelguncha  harakat qilamiz”.

Tantanali marosim davomida bayram sayli, ko‘rgazmali  chiqishlar, dilrabo kuy-qo‘shiqlar, ko‘ngilochar tomoshalar ishtirokchilarni mamnun etdi.


Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!