$
12099.18 UZS
-32.37
153.82 UZS
0.28
14134.26 UZS
9.5
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga o‘sdi

12:01 / 26.10.2025

O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 166,9 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Toshkent shahrida 10 mln 379,6 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sganligi kuzatildi.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 4 mln 853,3 ming so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 124,8 foiz), Namangan viloyatida 4 mln 543,8 ming so‘mni (120,9 foiz), Sirdaryo viloyatida 4 mln 930,8 ming so‘mni (120,7 foiz), Farg‘ona viloyatida 4 mln 574,5 ming so‘mni (119,8 foiz) va Jizzax viloyatida 4 mln 589,0 ming so‘mni (119,2 foiz) tashkil etgan.

O‘rtacha oylik nominal ish haqi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda esa eng yuqori o‘sish sur’atlari san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida qayd etildi.

Xususan, mazkur sohada 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,8 foizni tashkil yetib, ish haqi miqdori 5 mln 114,7 ming so‘mga yetgani kuzatildi.

Shuningdek, ta’lim yo‘nalishida ham sezilarli o‘sish qayd yetilib, ish haqi miqdori 4 mln 188,5 ming so‘mni tashkil etdi (o‘sish – 19,8 foiz). Tashish va saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi 9 mln 382,1 ming so‘mni tashkil etib, 16,7 foizga, axborot va aloqa sohasida esa 14 mln 985,8 ming so‘mga yetdi (16,6 foiz o‘sish). Sanoat sohalarida o‘rtacha ish haqi 7 mln 301,0 ming so‘mni tashkil etib, 16,3 foizga oshgani qayd etildi.

Shu bilan birga, qurilish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln 342,6 ming so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 foizga oshdi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida bu ko‘rsatkich 5 mln 122,8 ming so‘mni tashkil etib, 10,1 foizga, savdo sohasida 6 mln 875,6 ming so‘mni tashkil etib, 12,1 foizga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida 3 mln 765,4 ming so‘mni tashkil etib, 14,6 foizga oshdi. Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasida esa o‘rtacha oylik ish haqi 16 mln 828,9 ming so‘mni tashkil etib, 15,6 foizga o‘sdi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda ish joylarida yuz bergan baxtsiz hodisalar sabab bir yilda 248 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda ish joylarida yuz bergan baxtsiz hodisalar sabab bir yilda 248 kishi vafot etdi

Shuningdek, jabrlanganlar soni 961 nafarni tashkil etgan.
17:43 / 12.01.2026

														
														13-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

13-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:31 / 12.01.2026

														
														Qarshi shahriga 43 dona yangi avtobuslar olib kelindi

Qarshi shahriga 43 dona yangi avtobuslar olib kelindi

Qashqadaryo viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Sharofiddin-Nurillo”, “Beshkent Qarshi Trans Servi…
15:30 / 12.01.2026

														
														O‘zbekistonda 5 grammli quyma oltin narxi ilk bor 9 million so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda 5 grammli quyma oltin narxi ilk bor 9 million so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda bugun, 12-yanvar kuni grammli quyma oltin narxi ilk bor 9 million so‘mdan oshdi.
14:53 / 12.01.2026

														
														O‘zbekistonning ayrim hududlarida hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonning ayrim hududlarida hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududlari bo‘ylab hafta davomida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
14:35 / 12.01.2026

														
														Surxondaryoda ayol va chaqalog‘ini molxonada saqlaganlarga sud hukmi o‘qildi

Surxondaryoda ayol va chaqalog‘ini molxonada saqlaganlarga sud hukmi o‘qildi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
12:50 / 12.01.2026

														
														Propan narxining asossiz oshirilishiga qarshi nazorat kuchaytirildi

Propan narxining asossiz oshirilishiga qarshi nazorat kuchaytirildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi propan narxining asossiz oshirilishiga qarshi…
11:00 / 12.01.2026

														
														O‘zbekistonda aeroportlar nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladi

O‘zbekistonda aeroportlar nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladi

“Aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalarning nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga …
10:09 / 12.01.2026

														
														AQShga borgan o‘zbekistonliklar soni bir yilda 1,2 ming nafarga oshdi

AQShga borgan o‘zbekistonliklar soni bir yilda 1,2 ming nafarga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 15 259 nafar O‘zbekiston fuqarola…
09:48 / 12.01.2026

														
														Qorako‘lda 20 nafar abituriyent zaharlandi

Qorako‘lda 20 nafar abituriyent zaharlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda 11-yanvar kuni tongda 20 nafar abituriyent zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga o…
09:35 / 12.01.2026

Bu ham qiziq

12-yanvar kuni qanday ob-havo kutilyapti?

12-yanvar kuni qanday ob-havo kutilyapti?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi.
16:51 / 11.01.2026
Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil Falastinning XAMAS guruhi 2025-yilgi sulhga muvofiq to‘liq qurolsizlanishdan bosh tortgani sababli G‘azo sektorida ya…
15:24 / 11.01.2026
O‘zbekistonda aeroportlar nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladi

O‘zbekistonda aeroportlar nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladi

“Aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalarning nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga …
10:09 / 12.01.2026
Toshkentda nohaq qamalgan tadbirkorga 300 mln so‘m ma’naviy zarar to‘lab beriladi

Toshkentda nohaq qamalgan tadbirkorga 300 mln so‘m ma’naviy zarar to‘lab beriladi

Toshkentda uzoq muddatga nohaq qamalib, so‘ng oqlangan fuqaro 1 milliard so‘m ma’naviy zarar talab qildi. Bu haqda Oliy sud …
09:30 / 11.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik aloqalarni qayta tiklashni muhokama qilmoqda

Venesuela va AQSh diplomatik aloqalarni qayta tiklashni muhokama qilmoqda

Bu haqda Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges ma’lum qildi.
08:49 / 11.01.2026
Tramp AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

Tramp AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

Donald Tramp Eron rahbariyati muzokaralar o‘tkazishni so‘rab, o‘ziga murojaat qilganini bildirdi. AQSh prezidenti bu haqda k…
11:32 / 12.01.2026
13-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

13-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:31 / 12.01.2026
Qirg‘izistonda Ramazon oyi qachondan boshlanishi aytildi

Qirg‘izistonda Ramazon oyi qachondan boshlanishi aytildi

Qirg‘izistonda Ramazon oyi 18-fevral kuni boshlanadi.
17:57 / 12.01.2026
O‘zbekistonda ish joylarida yuz bergan baxtsiz hodisalar sabab bir yilda 248 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda ish joylarida yuz bergan baxtsiz hodisalar sabab bir yilda 248 kishi vafot etdi

Shuningdek, jabrlanganlar soni 961 nafarni tashkil etgan.
17:43 / 12.01.2026
Tramp Grenlandiyani nima uchun egallamoqchi?

Tramp Grenlandiyani nima uchun egallamoqchi?

Olimlarning fikricha, Grenlandiyada neft va gaz zaxiralari ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
16:56 / 11.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!