$
12816.11 UZS
-11.79
132.86 UZS
0.01
13836.27 UZS
3.95
22° Kechasi

O‘zbekistonda “poraxo‘rlik” bilan g‘oliblikka erishganlar umrbod futboldan chetlatildi

10:49 / 08.01.2024

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan O‘zFHM hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamov hamda “Qo‘qon-1912” futbol klubi sport direktori Shuhrat Mo‘minovning kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.

Qo‘mita tomonidan kun tartibidagi masalani o‘rganish davomida aniqlanishicha, 2023-yil 22-mart kuni Proliga doirasida bo‘lib o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Mash’al” futbol klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin “Qo‘qon-1912” futbol klubi vakili Shuhrat Mo‘minov O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakami Xusan Muzaffarovga “Qo‘qon-1912” futbol klubi foydasiga hakamlik qilishini so‘rab murojaat qilgan hamda evaziga pul mablag‘i taklif qilgan. Uchrashuv bosh hakami Xusan Muzaffarov ushbu taklifga rozi bo‘lgan va o‘yin “Qo‘qon-1912” futbol klubi foydasiga yakunlangan.

Shuningdek, 2023-yil 18-iyun sanasida Proliga doirasida bo‘lib o‘tgan “Orol” – “Qo‘qon-1912” futbol klublari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan “Qo‘qon-1912” klubi vakili Shuhrat Mo‘minov o‘yin hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamovlarga uchrashuvni “Qo‘qon-1912” klubi foydasiga hal bo‘lishi uchun moddiy manfaat taklif etgan. Uchrashuv bosh hakami Xusan Muzaffarov mazkur taklifga rozi bo‘lgan hamda pul mablag‘larini yordamchi hakamlar Obid Jumayev va Jasur Rustamovlar bilan o‘zaro bo‘lib olgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasi mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamovni O‘FA Intizom kodeksining tegishli bandlarini buzgan deb topdi. Ularga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, “Qo‘qon-1912” futbol klubi sport direktori Shuhrat Mo‘minov O‘FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha FIFA, OFK, “Sportradar” va boshqa tegishli tashkilotlar bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotganligini ma’lum qiladi. O‘z navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiradi.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Tatariston davlat mukofoti bilan taqdirlandi (video)

Shavkat Mirziyoyev Tatariston davlat mukofoti bilan taqdirlandi (video)

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
09:05 / 24.10.2024
Ukraina sobiq prezidentining o‘g‘li Rossiya fuqaroligini oldi

Ukraina sobiq prezidentining o‘g‘li Rossiya fuqaroligini oldi

RIA Novosti’ning xabar berishicha, Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning o‘g‘li Aleksandr Rossiya fuqaroligini olga…
13:16 / 24.10.2024
Ota-o‘g‘il basketbolchilar birgalikda NBA o‘yinida birga ishtirok etdilar

Ota-o‘g‘il basketbolchilar birgalikda NBA o‘yinida birga ishtirok etdilar

Amerikalik basketbolchilar LeBron va Bronni Jeyms bir vaqtning o‘zida bitta jamoada o‘ynagan tarixdagi  ota- o‘g‘il bo‘ldi.
10:38 / 24.10.2024
Organizmdan tuzni chiqarib tashlash uchun

Organizmdan tuzni chiqarib tashlash uchun

1 kilogramm asal va shuncha miqdorda mayiz kerak bo‘ladi.
14:29 / 24.10.2024
24-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
22:27 / 23.10.2024
Rossiyada migrantlar yotoqxonasi yoqib yuborildi

Rossiyada migrantlar yotoqxonasi yoqib yuborildi

Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
13:46 / 23.10.2024
Bizning organizmimiz soatlar bo‘yicha qanday ishlaydi?

Bizning organizmimiz soatlar bo‘yicha qanday ishlaydi?

6:00 — tananing to‘liq tetiklanishi uchun kortizol darajasi oshadi.
16:29 / 24.10.2024
So‘kinish stressga olib keladi

So‘kinish stressga olib keladi

Rossiyalik neyrofiziolog olimlarning fikriga ko‘ra, so‘kinish asablarni izdan chiqarib, organizmda ko‘plab kasalliklarni kel…
15:01 / 24.10.2024
Sun’iy yo‘ldosh koinotda parchalanib ketdi

Sun’iy yo‘ldosh koinotda parchalanib ketdi

Intelsat provayderi foydalanib kelgan Boeing kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sun’iy yo‘ldosh kutilmaganda geostatsi…
09:45 / 24.10.2024
Norvegiya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi

Norvegiya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi

The Guardian nashri Norvegiya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchiligi …
17:45 / 24.10.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!