$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

17:53 / 31.03.2025

2 toifadagi tadbirkorlar QQS to‘lovchilar deb e’tirof etiladi
 
1-apreldan boshlab daromadidan qat’i nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQSni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. Bu 2024-yil 27-dekabr kuni qabul qilingan “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan.
Bunda realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheklari, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar hamda boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobotlar avtomatik tarzda shakllantirib boriladi.
 
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy yordamlar beriladi
 
2025-yil 30-yanvarda qabul qilingan “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, 1-apreldan:
“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etiladi.
Bunda madaniy-ma’rifiy, ta’lim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari tushumlarining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini yo‘naltirishga ruxsat beriladi;
“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordamlar quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
– oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejada kambag‘al oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qo‘shimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishiga asos bo‘ladi;
– “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa – idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
 
“Ijtimoiy karta” axborot tizimidan  ayrim qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi
 
2024-yil 18-iyulda qabul qilingan “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” axborot tizimidan taqdim etiladi:
– shaxsning nogironligini, talaba, o‘quvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash.
Bunda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, o‘quvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qog‘oz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi;
– nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti, yo‘nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;
– kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar.
Maktab o‘quvchilari uchun yangi tanlov tashkil etilib, g‘oliblar xorijga sayohatga yuboriladi
 
Prezidentning 2024-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Turon” maktab teatrining ijobiy tajribasi asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi.
Shuningdek, jamoalar o‘rtasida  har yili milliy va jahon musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
 
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi ishga tushadi
 
2025-yil 18-fevral kuni hukumat qarori bilan tasdiqlandi “Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga ko‘ra,  2025-yil 1-apreldan yuridik va jismoniy shaxslarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
Arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab 15 ish kunida Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizani ko‘rib chiqadi.
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari (qanoatlantirish va rad etish asoslari) davlat xaridlari maxsus axborot portalida ochiq e’lon qilinadi.
Talabgorning Reyestrga kiritish haqidagi arizasi va unga ilova qilingan ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida Portalga majburiy jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi.
Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan xulosalar hamda arizani ko‘rib chiqish davomida to‘plangan boshqa ma’lumotlar asosida arizani qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.
Agar ariza qanoatlantirilsa, bu haqida talabgorga QR-kod qo‘yilgan xulosa talabgor o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda – Davlat xizmatlari markaziga, YAIDXP orqali murojaat etilganda – talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
 
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga parasportga qatnashishi uchun yo‘l xarajatlari qoplab beriladi
 
2025-yil 30-yanvarda qabul qilingan “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi.
Xususan, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan nogironligi bo‘lgan yoshlarga parasport to‘garaklariga qatnashishi uchun yo‘l haqi xarajatlarini har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab berish belgilangan.
Bunda nogironligi bo‘lgan yoshlarning parasport to‘garaklariga qatnashishi Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi.
Shuningdek, jamg‘arma hisobidan 6 oy davomida muntazam ravishda sport va san’at to‘garaklariga qatnashayotgan yoshlar uchun qiymati BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m)dan oshmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va cholg‘u asboblarini xarid qilish uchun mablag‘lar ajratiladi.
Shu bilan birga, kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining bandligi hamda ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun tegishincha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan BHMning 60 baravari (22,5 mln so‘m)gacha grantlar ajratish:
– yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan oilalarga uy-joylarini tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali BHMning 150 baravari (56 mln 250 ming so‘m)gacha bo‘lgan miqdorda yordam ko‘rsatish instrumentlari joriy etiladi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam o‘rniga ushbu hududlarda yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini o‘rnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi.
Bunda subsidiya xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravari (11 mln 250 ming so‘m)dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
 
Jinoyat qurbonlari va guvohlarga kompensatsiya to‘lanadi
 
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21-fevral kuni tasdiqlangan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining  boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi” to‘g‘risidagi nizomi 1-apreldan e’tiboran kuchga kiradi. Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ etib belgilandi.
Quyidagilar himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi:
– halok bo‘lganligi (vafot etganligi);
– unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgani yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgani;
– unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgani yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgani;
– mulkiy zarar yetkazilgani.
Bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
– shaxs vafot etganda uning oila a’zolari har biriga teng ulushda –  BHMning 100 baravari miqdorida (37,5 mln so‘m);
– shaxsga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda.
Nogironlik guruhiga ko‘ra:
I guruh – BHMning 80 baravari miqdorida (30 mln so‘m);
II guruh – BHMning 70 baravari miqdorida (26 mln 250 ming so‘m);
III guruh – BHMning 50 baravari miqdorida (18 mln 750 ming so‘m).
Nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganda yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda esa, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida:
– og‘ir daraja – BHMning 35 baravari miqdorida (13 mln 125 ming so‘m);
– o‘rta daraja – BHMning 35 baravari miqdorida (13 mln 125 ming so‘m);
– sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja – BHMning 25 baravari miqdorida (9 mln 375 ming so‘m).
Ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) uni ta’minlovchi organ tomonidan uni olgan kundan boshlab, 10 sutka ichida ijro etilishi lozim.
Bir yo‘la beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi.

O‘zbekiston


														
														Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026

														
														Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026

														
														Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026

														
														“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026

														
														Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Şveysariyaning “Lugano” klubi UEFA Konferensiyalar ligasining 5-noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvida Litvaning “Kauno Žalgiris…
14:24 / 06.11.2026

														
														Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkilotining uy-joy sotib oliş böyiça şartnomalarida iste’molçilar huquqlarini çeklovçi şartlar…
14:21 / 06.11.2026

														
														Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT Plus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşladi.
12:36 / 06.11.2026

														
														Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida xotinini öldirib, 2,5 yoşli qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham hayotiga zomi…
08:53 / 06.11.2026

														
														Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026

														
														Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026

Bu ham qiziq

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkilotining uy-joy sotib oliş böyiça şartnomalarida iste’molçilar huquqlarini çeklovçi şartlar…
14:21 / 06.11.2026
Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026
Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoro viloyatida 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi esa hozirgaça iş topmagan. Viloy…
11:55 / 04.11.2026
Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026
Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!