O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga keldi.
Aeroportda O‘zbekiston rahbarini Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.
O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibiga muvofiq, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.
Prezidentlar san’at ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsertda ham ishtirok etadilar.