$
12025.22 UZS
34.69
149.36 UZS
-1.35
13969.70 UZS
10.32
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 12 foizdan oshdi

09:00 / 28.10.2022

Joriy yilning sentyabr oyidan buyon kuzatilgan haftalik narxlar o‘sishining biroz sekinlashishiga qaramasdan, yillik yuqori inflyatsiya sur’atlari saqlanib qolmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilishicha, iyul oyidan boshlab iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalar bosqichma-bosqich pasayib borgan, biroq bazaviy inflyatsiya dinamikasida o‘sish tendensiyasi shakllangan.

Tashqi va ichki omillarning ko‘p yo‘nalishli ta’siri joriy yilning sentyabr oyida yillik inflyatsiya 12,2 foizni tashkil etishiga olib kelgan.

Bir tomondan, bazaviy inflyatsiya ning tezlashishiga import inflyatsiya si, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotda ilgari shakllangan yuqori yalpi ichki talab ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, sentyabr oyidagi inflyatsion kutilmalar 15,2 foiz, tadbirkorlik subyektlari esa 13,8 foiz darajasida bo‘lgan. Yuqori inflyatsiya kutilmalari omillari esa saqlanib qolmoqda.

Joriy yilning 2-choragidan boshlab iqtisodiy faollikning o‘sishi kuzatilgan. Natijalarga ko‘ra yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 5,8 foizni tashkil etgan, qurilish va chakana savdo o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan biroz yuqorilagan.

“Davlat sektorida oylik ish haqi va pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy transfertlarning oshishi aholi real daromadlarining 10,7 foizga oshishiga zamin yaratdi”, – deyiladi Markaziy bank xabarida.

Shuningdek, aholi daromadlarining o‘sishiga mutanosib ravishda iste’mol talabi ham ortib bormoqda, bu iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va chakana savdo aylanmasida o‘z ifodasini topgan. Xususan, joriy yilning 9 oyida iqtisodiyot tarmoqlarida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 27 foizga, chakana tovar aylanmasi esa 10,8 foizga o‘sgan.

Markaziy bankning urg‘u berishicha, davlat xarajatlarining yuqori sur’atlari, transchegaraviy pul o‘tkazmalari va iqtisodiyotga kredit kiritilishi yil oxirigacha yalpi iste’mol va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi omillar bo‘lib qoladi.

Iqtisodiy faollikning mavjud tendensiyalari va amalga oshirilayotgan moliyalashtirish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda, joriy yil oxirigacha iqtisodiy o‘sish prognozlari yuqoriga qarab qayta ko‘rib chiqilgan. Joriy yil yakunlariga ko‘ra, YaIM o‘sishi 5,2-5,8 foiz (oldingi prognoz 5-5,5 foiz edi) doirasida kutilmoqda.

Tashqi muhitda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va noaniqliklarni hisobga olgan holda, bazaviy ssenariyda iqtisodiy o‘sish sur’atlari 2023-yilda joriy yilga nisbatan birmuncha sekinlashadi va 4,5-5 foizni tashkil etadi.

Jahon bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo va energiya resurslari narxlarining o‘sishi fonida joriy yilning uchinchi choragida ham global inflyatsiya ning tezlashuvi davom etmoqda.

Inflyatsiya jarayonlarini jilovlash uchun jahon markaziy banklarining aksariyati monetar shart-sharoitlarni qattiqlashtirmoqda, bu esa shunga mos ravishda jahon bozorlarida moliyaviy resurslar narxining oshishiga olib keladi.

Xususan, AQSH Federal rezerv tizimi foiz stavkalarining oshishi va jahon valyuta-kredit sharoitlarining keskinlashuvi tufayli boshqa jahon valyutalari AQSH dollariga nisbatan qiymatini yo‘qotmoqda. Yil boshidan beri dollar indeksi 17 foizga o‘sgan.

Bu, o‘z navbatida, iste’moldagi import ulushi an’anaviy ravishda yuqori bo‘lgan va valyuta kursi tez o‘zgaradigan mamlakatlarda inflyatsiya jarayonlarining tezlashishiga olib keladi.

Tashqi savdoning o‘zgargan xalqaro vaziyatga moslashishi tufayli O‘zbekistonda valyuta oqimlari hajmida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan 9 oyida oltinni hisobga olmaganda eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,6 foizga oshib, 11,1 milliard dollarga, mamlakatimizga pul o‘tkazmalari hajmi esa 2,2 baravarga oshgan (12,6 milliard dollar), aholi tomonidan banklarda valyuta sotib olish va sotish o‘rtasidagi ijobiy farq 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.


Bu ham qiziq

Si Szinpin va Tramp ​​aviabazada uchrashdi

Si Szinpin va Tramp ​​aviabazada uchrashdi

Bugun Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Kimxe harbiy aviabazasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQSh Prezide…
09:15 / 30.10.2025
O‘zbekistonda noyabr oyining ilk kunlarida havo sovib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda noyabr oyining ilk kunlarida havo sovib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
17:17 / 30.10.2025
O‘zbekistonda elektr uchun to‘lovlari 7 kunga to‘xtatilishi haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekistonda elektr uchun to‘lovlari 7 kunga to‘xtatilishi haqidagi xabarlar rad etildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” qarzdorligi bo‘lganlar 7 kun davomida elektr energiyasi uchun to‘lovni to‘lay olmasligi haqida i…
09:38 / 30.10.2025
“Qiyomat kuni ombori”dan O‘zbekiston urug‘lari ham joy oldi

“Qiyomat kuni ombori”dan O‘zbekiston urug‘lari ham joy oldi

Kolleksiya tarkibida qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va bug‘doyning 20 dan ortiq mahalliy navlari m…
11:27 / 31.10.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Donald Tramp bilan uchrashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Donald Tramp bilan uchrashadi

Bu haqda AQSh Davlat departamenti rahbari o‘rinbosari Kristofer Landau o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.
18:21 / 29.10.2025
Ukrainadagi urushda 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ukrainadagi urushda 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ukraina davlatiga qarashli “Xochu jit” loyihasi xabariga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilgan 481 naf…
14:07 / 31.10.2025
O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
16:27 / 30.10.2025
30-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
17:39 / 29.10.2025
31-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun biroz biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nal…
15:33 / 30.10.2025
Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli me’yori 5 baravarga oshiriladi

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli me’yori 5 baravarga oshiriladi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz iste’moliga tegishli bazaviy me’yor isitish mavsumida 5 barobarga oshirilib, 500 kub me…
11:52 / 31.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!