2022-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 48 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 153,3 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, kofe mahsulotlari importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 49 tonnaga oshgan.
2022-yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan kofening eng katta ulushi – Italiya (41,7 tonna), Braziliya (39,3 tonna), Rossiya (22,2 tonna), Vyetnam (22 tonna) va Turkiya (6 tonna) davlatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
maʼlumot uchun, 2021-yilda O‘zbekiston 36 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 333 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
2021-yilda kofe eng ko‘p Rossiya (102,3 tonna), Italiya (95,2 tonna) va Braziliya (49 tonna) davlatlaridan import qilingan.
Kofe mahsulotlari importi 2020-yil bilan solishtirilganda 2021-yilda 2,7 tonnaga oshgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!