Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining jamoatchilik bilan aloqalar markazi rus nomidan o‘zbek xalqini haqorat qilgan Ukraina fuqarosining shaxsi aniqlanganligini ma’lum qildi.
“Rossiya federal xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida internetda Rossiya fuqarosi nomidan o‘zbek millati vakillari haqida milliy shovinistik tarzda gapirgan shaxs aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Ushbu shaxs Nikolayev viloyatida tug‘ilgan Nikolay Kochmarik bo‘lib chiqqan. Hozir u Ukraina yashaydi va mamlakat qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
“Uning ishtirokidagi ijtimoiy tarmoqda keng tarqalgan video O‘zbekiston va Rossiyada keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi”, – deya yozmoqda Rossiya Markaziy axborot agentligi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining ta’kidlashicha, Ukraina va Litva maxsus xizmatlari, shuningdek ularning xorijdagi rasmiylari Rossiyaning MDH sheriklari bilan munosabatlarini buzish maqsadida provokatsion tarkib yaratmoqdalar. Shunday qilib, ular chet elda Rossiyaga qarshi kayfiyatni shakllantirishga harakat qilishmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!