Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash tizimi transformasiyasi” mavzusidagi xalqaro forumda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov anjumandan ko‘zlangan maqsad tibbiyot tizimiga sarmoya jalb qilish, balki sog‘liqni saqlash sohasiga innovasiya joriy etish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga yordam beradigan sheriklikning yangi shakllarini rivojlantirishdan iborat ekanini ta’kidladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Vazir investor va tadbirkorlarga qator loyihalarni taklif qildi. Jumladan, 170 tuman va shahar tibbiyot birlashmalari laboratoriya xizmatini autsorsingga berishga tayyor. Respublika bo‘yicha 14 ta tug‘ruq majmuasi bino va inshooti yer maydoni bilan birga nol qiymatda investorga, ishonchli boshqaruvga beriladi. Joriy yil 11 hududda gemodializ xizmati davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga o‘tadi. DXSH yo‘li bilan respublikamizning har bir hududida 1000-1500 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxonalar barpo etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!