O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan pensiya pullari oldindan to‘lab beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
“Yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2023-yil 29-31-avgust kunlari ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, naqd pul shaklida pensiya va nafaqa oluvchilarga to‘lovlar 2023-yil 4-sentyabr kun boshidan Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!