Rossiyalik sobiq champion UFC 280 turnirida oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda.
22-oktabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasida rossiyalik amerikalik Shon O’Melli bilan jang qiladi. Turnirning asosiy voqeasi Islam Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasida vakand turgan yengil vazn toifasidagi chempionlik uchun jang bo‘ladi.
Shu yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Yan revansh jangida Aljameyn Sterlingga hakamlar qarori bilan mag‘lub bo‘lgan edi.
O’Melli iyul oyi boshida Pedro Munosga qarshi jang o‘tkazdi, biroq amerikalikning barmoqlari raqibining ko‘ziga kirib ketdi va jang shu zahoti to‘xtatilib, natijasi bekor qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!