Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Beruniy ko‘chasidagi issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 16-dekabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Shayxontohur tumani: Xuvaydo, Aloqa, S-27, S-28 dahalari, Niyozov, Bog’ko’cha va Abror Hidoyatov ko’chalari.
Olmazor tumani: Vuzgorodok, B-1, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Beruniy ko’chasi.
Issiq suv va issiqlik taʼminoti avariyaviy ta’mirlash ishlari tugallanishi bilan (taxminan bugun soat 19:00 gacha) tiklanadi.
“Veolia Energy Tashkent” MChJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraydi va issiq suv hamda issiqlik taʼminotini tezda tiklash uchun oʻz tomonidan barcha zarur choralarni koʻradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!