$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Prezident maktabi bitiruvchilariga subsidiya beriladi

15:21 / 03.06.2022

Hukumat qarori bilan “Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Nizomga ko‘ra, davlat granti “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabgorlar uchun ajratiladi.

Davlat granti quyidagilarga taqdim etiladi:

  • xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
  • Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
  • Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblariga;
  • Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston fuqarolariga;
  • Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga.

Davlat grantini olgan talabalar Universitetni tamomlagach Prezident ta’lim muassasalari agentligi yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.

Shuningdek qaror bilan, O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi belgilandi.

Bunda Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasining BHMning 100 baravarigacha qismi qoplab beriladi.

Talabgorlar o‘quv yilining 15-dekabrigacha Agentlikka ariza bilan murojaat qiladi (o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt shartnomasi ilova qilinadi).

Subsidiya olgan talabalar Universitetni tamomlagach Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.

Ta’kidlanishicha, magistratura yoki doktoranturada o‘qish davom ettirilgan taqdirda, ushbu muddat magistratura yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanadi.


Bu ham qiziq

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!