$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

23:08 / 20.04.2023

Qadrli vatandoshlar!

Dunyodagi jamiyki islom ummati qatori yurtimiz mo‘min-musulmonlari ham katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga to‘lib turgan ushbu saodatli damlarda avvalo mana shunday qutlug‘ va munavvar kunlarga el-yurtimiz bilan birgalikda sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Xalqimiz azaldan insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bag‘rikenglik ramzi sifatida qadrlab, e’zozlab keladigan Ramazoni sharifga bu yil ham puxta tayyorgarlik ko‘rilib, uni munosib o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu esa mo‘min-musulmonlarimiz uchun barcha diniy ibodatlarni fayzli va mazmunli o‘tkazib, ushbu muborak oyning shafoat va fazilatlaridan to‘la bahramand bo‘lish imkonini berdi. Ayniqsa, minglab yurtdoshlarimiz ikki muqaddas shahar – Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga borib, aynan Ramazon kunlarida Umra amallarini ado etish baxtiga musharraf bo‘lganlari e’tiborlidir.

Biz bularning barchasini dinu diyonatini pok saqlab, sof niyatlar bilan yashab kelayotgan xalqimizga Alloh taoloning cheksiz marhamati sifatida qabul qilamiz.

Aziz yurtdoshlar!

Yangi O‘zbekistonni qurish jarayonida hayotimizning barcha sohalari qatori diniy yo‘nalishdagi ishlarimiz ham yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda. Keyingi yillarda sizlar bilan birga bu borada ulkan ishlarni amalga oshirayotganimiz xalqimiz, jamoatchiligimizga yaxshi ma’lum, albatta.

Ayniqsa, yurtimizda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ish boshlagani, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasiga, Samarqandda Hadis ilmi maktabiga asos solingani, Qashqadaryoda Abu Muin Nasafiy, Namanganda Sulton Uvays Qaraniy qadamjolari, Toshkent shahrida Suzuk ota majmuasi yangitdan bunyod qilingani, o‘nlab muhtasham masjidlar, diniy bilim muassasalari barpo etilgani, ziyoratgoh maskanlar obod qilingani ma’naviy-ruhiy hayotimizda alohida yorqin sahifa bo‘lib qoladi.

Eng muhimi, bunday keng ko‘lamli ishlarimiz O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi singari muazzam obidalar qurilishi misolida jadal davom ettirilmoqda.

Mo‘min-musulmonlarimizga ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bu haqda so‘z yuritganda, umra ziyorati bo‘yicha kvota bekor qilingani, haj ziyoratiga boruvchilar soni 3 barobar oshirilganini qayd etish zarur. Xususan, birgina joriy yilning o‘tgan davrida 31 ming nafardan ortiq vatandoshlarimiz Makka va Madinada muqaddas ibodatlarni bajarib, el-yurtimiz haqqiga ezgu duolar qilib qaytganlarini ta’kidlash o‘rinli.

Ayni vaqtda yurtimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan tabarruk qadamjolar obod qilinib, ehtiyojmand kishilar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilayotgani ham Ramazon oyining ahamiyati va fayzu shukuhini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bularning barchasi mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘lib, biz bunday savobli ishlarni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.

Muhtaram do‘stlar!

Biz jonajon Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik, ahillik va hamjihatlikni saqlash, xalqimiz hayotini yanada erkin, obod va farovon etishni maqsad qilgan ekanmiz, o‘tgan davr mobaynida erishgan barcha yutuqlarimiz, jumladan, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash borasidagi ijobiy o‘zgarishlarni har tomonlama mustahkamlab borishimiz kerakligini, buni hozirgi va kelgusi taraqqiyotimiz taqozo etayotganini hammamiz yaxshi anglaymiz, albatta.

Fursatdan foydalanib, bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan, inson qadri, uning huquq va erkinliklari, hayotiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarimizning yanada samarali va bardavom bo‘lishi uchun jon kuydirib, o‘z taqdiri va kelajagiga chuqur mas’uliyat hamda daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, fidokorona mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizga, ko‘pmillatli butun xalqimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.  

Aziz va qadrli vatandoshlar!

Ushbu shukuhli lahzalarda dunyo mo‘min-musulmonlarini, do‘st va hamkorlarimizni Ramazon bayrami bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik-barqarorlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Oila davrasida, mahallalarda muborak Iyd-al-fitr ayyomini xursandchilik bilan kutib olayotgan siz, muhtaram yurtdoshlarimni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!


Bu ham qiziq

Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli tumani “Nomdanak” MFYning ayrim hududlariga 8-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy …
10:56 / 08.05.2025
O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
14:29 / 07.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga, 9-may — Xotira va qadrlash kuni. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy h…
09:34 / 08.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!