$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

Prezident Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

12:25 / 20.10.2023

Turkiy sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lgan Toshkent shahriga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari ikkinchi yig‘ilishining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman.

Avvalo, sizlarning timsolingizda hamkasblarim – Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlariga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromimni hamda O‘zbekiston raisligini qo‘llab-quvvatlaganlari uchun samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.

Turkiy davlatlar tashkilotining jadal o‘sib borayotgan salohiyati va obro‘-e’tibori – bu bizning do‘stligimiz va birdamligimiz kuch-qudratining hamda faqat birgalikda sezilarli va ulkan natijalarga erisha olishimizning yaqqol tasdig‘idir.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan tarixiy sammit yakunlari Tashkilot rivojida yangi davrni boshlab berdi. Qator muhim hujjatlar, jumladan savdo va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish hamda Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar qabul qilindi.

So‘nggi yilda Turkiy davlatlar tashkilotida O‘zbekiston raisligida muhim ahamiyatga molik va keng qamrovli ishlar amalga oshirildi, hamkorligimiz yanada kengaydi hamda yangi yuksalish sur’atiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunga kelib ko‘ptomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalish va sohalarini qamrab olgan o‘ttizdan ortiq yirik tadbirlar o‘tkazildi.

Tashkilotimizni institutsional jihatdan isloh qilish, “yangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni”ni yaratish, transport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning raisligi doirasida mamlakatlarimizning iqtisodiyot, savdo, sog‘liqni saqlash, ta’lim, kosmos, energetika vazirliklari va idoralari hamda maxsus xizmatlari rahbarlarining qator muhim uchrashuvlari o‘tkazildi.

Turkiy dunyoning ilm-fan, madaniyat va san’at sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qo‘shgan atoqli shaxslarni taqdirlash uchun ta’sis etilgan Alisher Navoiy nomidagi mukofot birinchi marta topshirildi. O‘zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘ldi, TURKSOY tashkil etilganining o‘ttiz yilligi tantanali ravishda nishonlandi. 

Biz Tashkilot zaxiralaridan imkon qadar samarali foydalanish hamda turkiy mamlakatlarning integratsiya borasidagi salohiyatini barcha sohalarda oshirish bo‘yicha izchil ish olib boramiz. 

Qadrli yig‘ilish ishtirokchilari!

Bugungi anjuman Tashkilot kun tartibidagi o‘ta muhim voqealardan biridir, chunki vakolatli idoralarning xavfsizlikka qarshi zamonaviy tahdidlarni bartaraf qilish va mamlakatlarimizni barqaror taraqqiy ettirish yo‘llarini izlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlari alohida ahamiyat kasb etib bormoqda.

Bunday formatdagi uchrashuv xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish hamda bugungi notinch dunyodagi umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda javoblar ishlab chiqish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qiladi.

O‘tgan yili Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining birinchi yig‘ilishida erishilgan samarali natijalarni yuqori baholaymiz.

Ishonchim komilki, turkiy tilli mamlakatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari darajasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmi Turkiy davlatlar tashkiloti makonida xavfsizlik sohasidagi muloqotni mutlaqo yangi darajaga olib chiqadi.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari va a’zolari!

Ushbu yig‘ilish xalqaro miqyosda murakkab vaziyat hukm surayotgan bir sharoitda bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kunda jahon prognoz qilish qiyin bo‘lgan va hatto oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqaradigan fundamental o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda.

Xalqaro maydonda o‘zaro ishonch va bir-birini tushunish inqirozi keskin sezilmoqda. Global va mintaqaviy xavfsizlikka qarshi tahdidlar kuchaymoqda va yangi xavf-xatarlar vujudga kelmoqda.

Shu munosabat bilan sizlar rahbarlik qilayotgan tuzilma va idoralarga alohida mas’uliyat yuklatilmoqda.

Sizlar ishtirok etayotgan yig‘ilish kun tartibi juda sermazmun, birgalikda qarorlar qabul qilishni hamda o‘zaro hamjihatlikda faoliyat yuritishni talab etadigan muhim masalalar sizlarning e’tiboringizga havola qilinmoqda.

Bugun sizlar terrorizm, ekstremizm va yoshlarning radikallashuvi, kiberjinoyatchilik, narkotik vositalarning tarqalishi, transchegaraviy jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi kurashishda kuchlarni birlashtirish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan keng ko‘lamdagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashasiz.

Ushbu anjuman mamlakatlarimiz va mintaqadagi xavfsizlikka nisbatan tahdidlarni bartaraf etishda o‘zaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlar samaradorligini oshirish imkonini beradigan sermahsul fikr almashuvlar hamda yangi taklif va tashabbuslarga boy bo‘lishini tilayman.

O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!

Mamlakatimizga tashrifingiz mazmunli va samarali bo‘lsin!

 


Bu ham qiziq

Zaharlanayotgan Boysun

Zaharlanayotgan Boysun

Mana ikki yarim oydirki Boysun aholisi zaharli gazdan qiynalyapti. Sentyabr oyida boshlangan mazkur texnogen hodisaga 2 yari…
16:02 / 22.11.2024
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024
Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
17:39 / 22.11.2024
Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024
Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Bu haqda prezident o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
10:01 / 22.11.2024
Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
21:39 / 21.11.2024
22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024
23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
23:34 / 22.11.2024
“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

Sattarov shu yilning fevral oyida o‘g‘irlik va rasmiy soxtalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan Anvar Jurayevning o‘rni…
21:50 / 22.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!