$
12741.02 UZS
-16.92
134.38 UZS
-0.68
14062.26 UZS
-63.33
24° Kechasi 15°

Qandli diabeti bor insonlarga sport bilan shug‘ullanish mumkinmi?

15:01 / 06.07.2024

Sport bilan shug‘ullanish qonda qand miqdorini me’yorlashtirib, umumiy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi. Ammo har qanday jismoniy mashqlarni boshlashdan avval, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Chunki sport turi va uning intensivligi har bir bemor uchun individual tanlanishi lozim.

Diabetga chalinganlar uchun bir necha sport turi tavsiya etilib, ularning har biri turli darajada foydali. Ayniqsa, piyoda yurish ular orasida eng ommabop va qulayidir.

Jumladan, kuniga 30 daqiqa yayov harakatlanish qonda qand miqdorini pasaytirib, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Eng muhimi, bu mashg‘ulot barcha yoshdagi insonlar uchun mos keladi.

Yugurish va velosiped haydash ham qandli diabetga chalingan bemorlar uchun foydali. Sababi bu mashqlar yurak faoliyatini mustahkamlash va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ammo ushbu mashg‘ulotlar yuqori intensivlikka ega bo‘lgani bois, shifokor bilan maslahatlashish va asta-sekinlik bilan boshlash maqsadga muvofiq.

Shuningdek, suzish ham ushbu bemorlar uchun ayni muddao. Chunki u bo‘g‘imlar uchun yoqimli mashg‘ulot hisoblanib, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, mazkur sport turi tananing barcha mushaklarini harakatga keltirib, organizmning umumiy faolligini oshiradi.

Yoga ham diabet bilan og‘riyotganlar uchun foydali mashg‘ulot. Sababi u stressni kamaytirib, mushaklarni mustahkamlaydi. Qolaversa, ushbu sport turi nafas olishni yaxshilab, ortiqcha asabiylikni ketkazadi. Bu esa qonda qand miqdorining barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.

Albatta, sport bilan shug‘ullanishda bir nechta muhim jihatlarga e’tibor qaratish zarur.

Birinchidan, jismoniy faollik payti va undan keyin qonda qand miqdorini tekshirib borish lozim. Sababi bu — gipoglikemiya holatlarining oldini olish uchun muhim.

Ikkinchidan, jismoniy mashqlardan avval va keyin yetarli miqdorda suv ichish kerak. Uchinchidan, jismoniy mashqlarni doimiy va bir xil vaqtda bajarish maqsadga muvofiq.

Qonda qand miqdorining o‘zgaruvchanligi, giperglikemiya (yuqori qand miqdori) yoki gipoglikemiya (qand miqdorining pastlashi) holatlari, insulin yoki boshqa dori vositalarini qabul qilish payti, shuningdek, yuqori qon bosimi, yurak kasalliklari, virusli infeksiyalar va o‘pka xastaliklari xuruj qilganda bu bemorlar sport bilan shug‘ullanishi mumkin emas.


Lifestyle


														
														Iglu nima?

Iglu nima?

Iglu – qor va muzdan qurilgan an’anaviy yashash joyi, asosan Inuit xalqlari tomonidan Shimoliy Amerikada ishlatiladi.
11:33 / 05.10.2024

														
														YouTube akkauntlarni bloklab qo‘ydi. Nega?

YouTube akkauntlarni bloklab qo‘ydi. Nega?

Akkauntlar bilan bog‘liq muammolar haqida dunyo bo‘ylab turli mamlakat foydalanuvchilari ma’lum qilindi.
11:03 / 05.10.2024

														
														Eng yaxshi dori bu…

Eng yaxshi dori bu…

Qadim zamonda oshqozoni kasal bir etikdo‘zni tabib uzoq davolabdi. Dorilar ta’sir qilmay, bemorning ahvoli yaxshilanmabdi.
12:27 / 04.10.2024

														
														Nima uchun ko‘z qovoqlari shishadi?

Nima uchun ko‘z qovoqlari shishadi?

Agar tanada qovoq bilan kechadigan ichki kasalliklar boʻlmasa, bu holat uyqu va orom bilan bevosita bogʻliq boʻlishi mumkin.
12:23 / 04.10.2024

														
														Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi asosiy uchta qo‘rquvini aytdi

Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi asosiy uchta qo‘rquvini aytdi

Business Insider nashri Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning e’tiborga muhtoj bo‘lgan uchta asosiy muammoni a…
12:08 / 04.10.2024

														
														2024-yil sentyabr oyida O‘zbekistonda eng arzon va eng qimmat osh qayerda sotilgani aytildi

2024-yil sentyabr oyida O‘zbekistonda eng arzon va eng qimmat osh qayerda sotilgani aytildi

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab …
11:45 / 04.10.2024

														
														AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi

AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi

Apple Insider ma’lum qilishicha, AQSh politsiyasi o‘g‘irlab ketilgan 575 ming dollarlik Ferrari 2023’ni topdi, ularga avtomo…
11:40 / 04.10.2024

														
														Mamontlar allergiya sabab yo‘q bo‘lib ketgan — olimlar

Mamontlar allergiya sabab yo‘q bo‘lib ketgan — olimlar

Xalqaro olimlar jamoasi Sibir mamontining to‘qimalarini tahlil qilishdi va ular allergiya sabab qirilib ketgani haqidagi far…
14:45 / 03.10.2024

														
														Mushuklar haqida qiziqarli faktlar

Mushuklar haqida qiziqarli faktlar

Mushuklarni eng birinchi qo‘lga o‘rgatgan qadimgi misrliklar hisoblanadi.
12:34 / 03.10.2024

														
														Namanganda qadimiy ashyolar topildi

Namanganda qadimiy ashyolar topildi

Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, viloyatdagi 100 gektarga yaqin qismi butun saqlangan Axsiken…
10:39 / 03.10.2024

Bu ham qiziq

Bosniya va Gersegovinada suv toshqini oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan

Bosniya va Gersegovinada suv toshqini oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan

Yo‘qolganlarning ko‘pligi tufayli qurbonlar soni ko‘payishi mumkin.
20:17 / 04.10.2024
Nima uchun ko‘z qovoqlari shishadi?

Nima uchun ko‘z qovoqlari shishadi?

Agar tanada qovoq bilan kechadigan ichki kasalliklar boʻlmasa, bu holat uyqu va orom bilan bevosita bogʻliq boʻlishi mumkin.
12:23 / 04.10.2024
Agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa Saudiya Arabistoni Isroilni tan oladi

Agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa Saudiya Arabistoni Isroilni tan oladi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning kuyovi Jared Kushner AQSh, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi diplomat…
09:19 / 05.10.2024
Olmazor tumanidagi xususiy maktabda o‘qituvchilar o‘quvchini kaltakladi

Olmazor tumanidagi xususiy maktabda o‘qituvchilar o‘quvchini kaltakladi

Holat yuzasidan ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudiga yuborilgan.
14:53 / 04.10.2024
YouTube akkauntlarni bloklab qo‘ydi. Nega?

YouTube akkauntlarni bloklab qo‘ydi. Nega?

Akkauntlar bilan bog‘liq muammolar haqida dunyo bo‘ylab turli mamlakat foydalanuvchilari ma’lum qilindi.
11:03 / 05.10.2024
Istanbulga sayohat uchun borib puli va hujjatlarini o‘g‘irlatgan o‘zbekistonlik qaytarildi

Istanbulga sayohat uchun borib puli va hujjatlarini o‘g‘irlatgan o‘zbekistonlik qaytarildi

Bu haqda Istanbul Bosh konsulxonasi xabar berdi.
09:50 / 05.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi

Davlat rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.
12:17 / 05.10.2024
Polsha Rossiya bilan chegarada mudofaa istehkomlarini quradi

Polsha Rossiya bilan chegarada mudofaa istehkomlarini quradi

2024-yilda Polsha Rossiya bilan Sharqiy chegarada mudofaa istehkomlarini qurishni boshlaydi.
10:06 / 05.10.2024
Endi chiqindidan qarzingiz bo‘lsa, “svet” uchun pul to‘lolmaysiz

Endi chiqindidan qarzingiz bo‘lsa, “svet” uchun pul to‘lolmaysiz

Endi qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan qarzingiz bo‘lsa, “svet” uchun pul to‘lolmaysiz.
15:51 / 05.10.2024
Quruq yo‘talning tabiiy davosini bilib oling

Quruq yo‘talning tabiiy davosini bilib oling

Bilamizki, quruq yo‘tal nam yo‘talga qaraganda ancha qiyin kechadi. Bu paytda turli dori-darmonlar foyda bermagan bo‘lishi m…
12:21 / 05.10.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!