$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Qoʻqonda institut yotoqxonasining talaba qizlari yashovchi xonasiga nima sababdan yashirin kamera oʻrnatilgan?

09:05 / 05.04.2023

Qoʻqon pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga kamera oʻrnatilgani aniqlandi. 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum boʻlishicha, institut talaba qizlaridan biri 4-aprel kuni “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Telegram kanalining muloqot botiga qizlar yashaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatish kamerasi yashirincha oʻrnatilgani haqida maʼlumot bergan.

Vazirlik axborot xizmati shikoyat qilgan qiz bilan suhbatlashgach, vazirlikning Fargʻona hududiy boshqarmasi masʼullari tomonidan Qoʻqon pedagogika institutiga borib, vaziyat oʻrganilgan. Jarayon davomida xonaga videokamera oʻrnatilgani aniqlangan.

“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishini va aybdor shaxslar aniqlangach, ularga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini maʼlum qiladi”, – deyiladi xabarda.

Oʻz navbatida, institut rahbariyati ham holat boʻyicha quyidagicha izoh bergan:

“Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektorining buyrugʻiga koʻra, talabalarning psixologik muammolari bilan ishlash, ularning ruhiy holatlarini barqarorlashtirish hamda oʻqish jarayonidagi stress holatlarini oldini olish boʻyicha maxsus xona tashkil etilish maqsadida haftaning shanba-yakshanba kunlari talabalar oʻz uyiga ketishlarini hisobga olib xonani shanba kuni jihozlash boshlangan.

Lekin bu holat haqida talabalar oʻz vaqtida ogohlantirilmagan. Natijada bu anglashilmovchilik yuz bergan”

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-may kuni AQSh Havo va dengiz operatsiyalari xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar …
14:12 / 10.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!