$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Qoraqalpog‘istonda ayol eriga jahl qilib, farzandini do‘pposladi (video)

13:23 / 29.07.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishining eriga haqoratli so‘zlarni aytib, farzandini urib haqorat qilganligi haqidagi video tarqaldi.

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 19.07.2023-yilda Qorao‘zak tumani, Qutli makon MFYda yashovchi fuqaro P.J. Qozog‘iston Respublikasida ishlab yurgan turmush o‘rtog‘i K.S. bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida, voyaga yetmagan farzdandi T.J.ga tazyiq o‘tkazib, uni haqorat qilganligi tasvirlangan videoni turmush o‘rtog‘i K.S.ga telegram orqali yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan 27.07.2023-yilda Qorao‘zak tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro P.J.ga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan shaxsni muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mazkur oilada tarbiyalanayotgan uch nafar voyaga yetmaganlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan ularning holidan xabar olinib, maktabgacha va maktab ta’limi hamda ichki ishlar organlarining psixolog xizmati xodimlari jalb qilingan.
Hozirda voyaga yetmaganlar Qozog‘iston Respublikasidan qaytib kelgan otasi K.S.ning qaramog‘iga topshirilgan.

Jinoyat ishi tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
14:29 / 07.05.2025
O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

"O‘zbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy h…
08:31 / 08.05.2025
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 33–35 daraja bo‘ladi.
22:46 / 07.05.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga, 9-may — Xotira va qadrlash kuni. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy h…
09:34 / 08.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airports ma'lumotlariga ko'ra, birinchi reys joriy yilning 23-mayiga rejalashtirilgan.
19:39 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushb…
20:08 / 07.05.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani: “Amir Temur”, “Temuriylar” hamda “Alisherobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 da…
14:15 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!