Ijtimoiy tarmoqlarda “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi aks etgan video keng tarqalmoqda.
Xabarlarda, voqea joyidan ketib qolgan Cobalt avtomobilining davlat raqam belgisi ko‘rinmagani sababli qidiruvda ekani haqida ma’lumotlar e’lon qilingan.
Mazkur holat, joriy yilning 15-avgust kuni, soat 09:30 da sodir bo‘lib, shu kunning o‘zida Cobalt haydovchisi, 30 yoshli X.A.ning shaxsiga aniqlik kiritilib, ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 3-qismi “A” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov yakuniga ko‘ra jamoatchilik uchun qo‘shimcha axborot berilishi aytildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!