$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar uchun alohida kvotalar ajratiladi

18:33 / 21.07.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

“Rivojlanayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj yuqori bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlarida yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni tarmoq, hududiy va maqsadli investitsiya loyihalariga manzilli yo‘naltirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–81-son Farmoniga muvofiq:

davlat buyurtmasi parametrlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etilganligi;

davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik berilganligi;

davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etilganligi;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga —  34 838 nafar etib, 1-ilovaga muvofiq;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 9 365 nafar etib, 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) taqdim etsin:

a) uch kun muddatda:

davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan hamda talabalar qabulini davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlarda amalga oshiruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini;

davlat oliy ta’lim muassasalari va davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etuvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining takliflariga asosan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni;

b) bir hafta muddatda:

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1200 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan takliflarni;

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 2000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan takliflarni;

o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti bo‘yicha takliflarni.

4. Davlat komissiyasi bir hafta muddatda 2024/2025-o‘quv yili uchun:

a) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul bo‘yicha:

oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlarini;

imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlarini;

tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining oldingi o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘tish ballarini hisobga olgan holda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;

hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari buyurtmalariga muvofiq, umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;

har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini ta’lim sohalari (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) kesimida;

b) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul parametrlarini davlat granti va to‘lov-kontraktga ajratgan holda oliy ta’lim muassasalari va tillar kesimida tasdiqlasin.

5. Belgilansinki, davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025-o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

6. Mazkur farmoyishning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.

Farmoyish ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi  Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin” – deyiladi prezident farmonida.

 


O‘zbekiston


														
														Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026

														
														Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026

														
														Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026

														
														Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026

														
														Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026

														
														Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026

														
														Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026

														
														O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026

														
														“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026

Bu ham qiziq

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

6–8-oktabr kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining urug‘chilik masalalari bo‘yicha Hukum…
17:27 / 08.10.2026
Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘mlik omonatini o‘zlashtirgani aniqlandi

Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘mlik omonatini o‘zlashtirgani aniqlandi

Chirchiq shahrida tijorat banki filiali bo‘limi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan jami 1,3 mlrd so‘mini …
10:26 / 08.10.2026
Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026
Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida energetika…
16:37 / 08.10.2026
Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026
Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026
Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026
AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026
Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish takliflarini ilgari surdi

Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish takliflarini ilgari surdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy…
16:33 / 08.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!