“Milliy tiklanish” partiyasi OʻzLiDeP bilan birgalikda Prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
2023-yil 13-may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi boʻlib oʻtdi.
Plenum qatnashchilari milliy yuksalishni amalda taʼminlayotgan, millat va Vatanga sadoqati, xalqparvarligini isbot qilgan Prezident – Shavkat Mirziyoyev nomzodini Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qoʻllab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.
Plenumda muddatidan ilgari Prezidentlik saylovlarida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ilgari surish boʻyicha tegishli qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!