Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 2-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi poliklinikalardan birida noma’lum erkak o‘zini daraxtga osib qo‘ygani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Olmazor tumani Qoraqamish ko‘chasidagi poliklinikaning hovlisida sodir bo‘lgan. Erkak o‘zini daraxtlardan biriga osib qo‘ygan.
Prokuraturaga ko‘ra, ayni vaqtda tezkor-tergov guruhi voqea joyida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
“Natijasi bo‘yicha xabar beriladi”, – deyiladi prokuratura xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!